«Yirik kompaniyada ishlashda bozorlarni qanday egallash lozim» – AKFA Group o‘z tajribasini talabalar bilan o‘rtoqlashdi

photo
AKFA Group
17 noyabr, 2021
AKFA Group kompaniya mutaxassislari ishtirokida universitet talabalari uchun ma’ruzalar sessiyasini davom ettirmoqda. 15-noyabr kuni Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida kompaniya mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Marketing bo‘limi boshlig‘i Ilhom Abiyev yangi mahsulot yoki xizmatni bozorga chiqarish strategiyasini qanday ishlab chiqish va bugungi kunda marketing biznesda qanday rol o‘ynashi haqida so‘zlab berdi.
photo

– Jamoamiz o‘z oldiga hech kim erisha olmagan maqsadlarni qo‘yadi, – deydi marketing bo‘limi boshlig‘i Ilhom Abiyev, – Ishonchimiz komilki, har kim o‘z chegarasini o‘zi belgilaydi. Darhaqiqat, erishib bo‘lmaydigan maqsadlar yo‘q, biz o‘zimizni cheklaydigan ramkalarimiz mavjud. Kompaniyamizning vazifasi yangi standartlar va tendentsiyalarni o‘rnatishdir. Agar biror narsa qiladigan bo‘lsak, unda birinchilardan va eng yaxshilardan bo‘lishga harakat qilamiz.

Misol tariqasida spiker yaqindagina ochilgan Visitor Center — Markaziy Osiyodagi eng yirik ishlab chiqarish korxonasi tomonidan yaratilgan ko‘rgazmalar zalini keltirdi.

photo

Ma’ruzaning yakuniy bosqichi interaktiv shaklda o‘tkazildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Kompaniya misolida spiker zamonaviy marketing vositalari qanday ishlashi haqida gapirdi, muhim tendentsiya va trendlarni aytib o‘tdi. Bozorlarni qanday zabt etish kerakligi haqidagi asosiy savolga ekspert raqobat muhitini baholash, mijozlar bazasini saqlab qolish va ko‘paytirishga e’tibor va sa’y-harakatlar qaratishga tayyorlik muhimligi haqida ta’kidladi.

YANGILIKLARGA QAYTISH