Vatan suygan bolalar

photo
Akfa Group
3 dekabr, 2020
Vatan suygan bolalar

3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” butun dunyoda keng nishonlanib kelinmoqda. Maqsad esa imkoniyati cheklangan insonlarning muammolariga e’tibor qaratish va ularni faol madaniy va ijtimoiy hayotga jalb etishdir. Toshkent shahridagi 25-sonli yordamchi maktabda Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

photo

Xalqaro nogironlar kuni oldidan AKFA Group kompaniyasi ko‘magida "Vatan suygan bolalar" deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Ushbu nom bilan yosh avlod biz uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini ta‘kidlamoqchi edik.

Ketma-ket ikkinchi yil AKFA kompaniyalar guruhi maktabda tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda beg‘araz yordam ko‘rsatmoqda.

photo

Nogironligi bo‘lgan bolalar va kattalar doimo yordamga muhtoj. Shuning uchun maxsus ehtiyojlari bo‘lgan odamlarga boshqa insonlar kabi ta‘lim olish, sog‘liqni saqlash va ish bilan ta’minlashda teng huquqli bo‘lishlari uchun imkoniyat va sharoitlar yaratish bizning maqsadimizdir.

25-sonli yordamchi maktabda har bir o‘quvchi o‘z imkoniyatini ishga solishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Majburiy o‘quv dasturidan so‘ng maktab o‘quvchilari sartaroshxonada, raqs to‘garagida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishlari mumkin. 25-maktabning o‘g‘il-qizlari rasm chizishga, futbol o‘ynashga va hattoki modaga qiziqadilar. Bundan roppa-rosa bir yil oldin ota-onalar tashabbusi va maktab ma’muriyatining faol ko‘magida "Fashion 25" modalar namoyishi to‘garagi tashkil qilingan edi.

photo

Tadbirda o‘quvchilar qo‘shiq, raqs, modalar namoyishi orqali o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar.

O‘z navbatida AKFA Group o‘quvchilarga animatorlar, sehrgarlar va jonglyorlar ishtirokida ajoyib va unutilmas bayram dasturini tuhfa etdi. Tadbir soʻngida maktab oʻquvchilariga ijod qilishlari uchun to‘plamlar topshirildi.

photo

Ma’lumot uchun: Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan 25-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab 1995-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. So‘nggi yillarda ta’lim muassasasida katta o‘zgarishlat ro‘y berdi – o‘quv sinflari yanada qulay va zamonaviy bo‘lib, shinam bog‘ va ikkita futbol maydoni barpo etildi.

photo
YANGILIKLAR RO'YXATIGA QAYTISH