Bugungi kunda Benkam zavodida ishlab chiqarishni IATF 16949:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiq tashkil etish maqsadida Sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy etish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu jarayonda xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, ayni kunlarda ishlab chiqarish rahbarlari, sex boshliqlari, sifat nazorati mutaxassislari, texnologlar va boshqa xodimlar xalqaro standartlar darajasidagi sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun muhim bo‘lgan APQP PPAP, FMEA, SPC, MSA, 8D usullari bo‘yicha o‘qitilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotida tinglovchilar o‘lchov tizimlarini tahlil qilish, statistik jarayonlarni boshqarish, mahsulot sifatini uzoq muddatli rejalashtirish, nomuvofiqlik usullari va oqibatlarini tahlil qilish, seriyali ishlab chiqarilgan qismlarni tasdiqlash va boshqa muhim tushunchalar bo‘yicha bilim olib, malaka oshirishmoqda. 2 martga qadar davom etadigan kurs yakunida barcha ishtirokchilar sinovdan o‘tkazilib, sertifikatga ega bo‘ladi.