“O‘zbekiston 24” telekanalida AKFA Group kompaniyasining eksport salohiyati haqida maxsus lavha efirga uzatildi

photo
AKFA Group
24 aprel, 2024
“O‘zbekiston 24” telekanalida AKFA Group kompaniyasining eksport salohiyati haqida maxsus lavha efirga uzatildi

2024-yil 24-aprel kuni “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot” dasturida “AKFA Plast” va “BENKAM” ishlab chiqarish majmualarining eksport salohiyati haqida maxsus lavha efirga uzatildi.

“O‘zbekiston 24” telekanali AKFA Plast rahbari Azizxon Ibragimxodjayev va BENKAM rahbari Alisher Sirojiddinov bilan suhbatlashdi.

AKFA Group korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 27 ta mamlakatga eksportga yuborilmoqda. AKFA Group eksport hajmini muntazam oshirib, xalqaro hamkorlar sonini kengaytirib bormoqda.

AKFA Group uchun ustuvor eksport yo'nalishi AQSh va Shimoliy Amerika bozorlari hisoblanadi. Jahon bozorining yuqori talablari va standartlariga javob berish uchun AKFA Group doimiy ravishda ishlab chiqarishni takomillashtirib, texnologik innovatsiyalarni joriy qilmoqda va o‘z korxonalarining ekologik barqarorligiga alohida e’tibor qaratmoqda.

AKFA Plast

Azizxon Ibragimxodjayevning ta’kidlashicha, AKFA Plast zamonaviy ishlab chiqarish majmuasi bo‘lib, korxonada plastik profillar ishlab chiqarishning to‘liq texnologik tsikli yo‘lga qo‘yilgan. Korxonada Germaniya, Avstriya va Turkiyadan olib kelingan 52 ta ekstruziya liniyalari mavjud. AKFA Plast’da 650 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.

Mahalliy va eksport bozorlari uchun yuqori sifatli raqobatbardosh mahsulotlar yaratish maqsadida korxona ISO 9001:2015 standartiga sertifikatsiyalashdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bundan tashqari, korxona huzurida tekshirish laboratoriyasi ham tashkil etildi. Laboratoriyada quyidagi ko‘rsatkichlar tekshiriladi:

- Profil mustahkamligi va bardoshligi;

- Payvandlangan burchak bo‘g‘inlarning mustahkamligi;

- Issiqlikka chidamlilik

“Yangi ishlab chiqarish texnologiyalari, zamonaviy uskunalar va laboratoriya xalqaro bozordagi ulushimizni oshirishga va eksport ufqlarini kengaytirishga xizmat qiladi”, – dedi telekanalga bergan intervyusida Azizxon Ibragimxo‘jayev.

BENKAM

BENKAM direktori Alisher Sirojiddinovning ta’kidlab o‘tganidek, BENKAM qurilish, avtomobilsozlik va energetika sohalari uchun alyuminiy profillarni yirik yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. BENKAM mahsulotlari ISO standartlariga mos keladi va EN standartlariga muvofiq barcha tegishli sertifikatlarga ega.

Mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlash maqsadida zavodda 4000, 2000 va 1000 tonna sig‘imga ega Italiya va Koreyadan olib kelingan ekstruzion presslari o‘rnatilgan. Zavodda 1000 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. BENKAM zavodining quvvati yiliga 80 ming tonnagacha tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.

BENKAM yuqori texnologiyali laboratoriyasiga ega. Laboratoriyada har bir qotishma bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladi. Mutaxassislar quyidagi ko‘rsatkichlarni tekshirishadi:

- Anod qoplamasining qalinligi

- Profilning elektr o‘tkazuvchanligi

- pH darajasi

- Og‘irlikni yo‘qotish testi

“BENKAM alyuminiy profillarini AQSh, Kanada, Yevropa Ittifoqi, MDH va Yaqin Sharq mamlakatlariga muvaffaqiyatli eksport qilmoqda. BENKAM korxonasining xalqaro hamkorlari mahsulotlarning yuqori sifati va korxonaning yondashuvini ta’kidlaydilar”, — dedi zavod direktori.

Alisher Sirajiddinov BENKAM’ning yaqin kelajakdagi rejalari haqida ham aytib o‘tdi: “Biz yangi ekologik toza mahsulotlarning liniyasini ishga tushirishni hamda AQSh va Kanadaning bozorlarida o'z o'rnimizni mustahkamlashni rejalashtirmoqdamiz”.

Mahsulot ishlab chiqarishga bo‘lgan yondashuv, zavodlarning innovatsion jihozlanishi va maxsus texnologik ishlanmalari AKFA Group korxonalariga O‘zbekiston bozorida yetakchi o‘rinlarni egallash hamda Made In Uzbekistan brendini dunyo bo‘ylab targ‘ib qilib, yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga eksport hajmini oshirish imkonini beradi.


Yangiliklarga qaytish