Germaniya delegatsiyasi AKFA Plast ishlab chiqarish majmuasiga tashrif buyurdi

photo
AKFA Group
15 may, 2024
Germaniya delegatsiyasi AKFA Plast ishlab chiqarish majmuasiga tashrif buyurdi

O‘zbekistondagi yirik sanoat xoldinglaridan biri bo‘lgan AKFA Group Germaniya kompaniyalari bilan hamkorlikni bosqichma-bosqich oshirib bormoqda. Xususan, so‘nggi 2 yilda AKFA kompaniyalar guruhining Germaniya korxonalari bilan tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga oshdi. Oxirgi 3 yilda Germaniyaga AKFA Group mahsulotlari eksportining oʻrtacha hajmi yiliga 2000 tonnadan oshdi. Shuni ta’kidlash kerakki, AKFA Group yuqori qo‘shimcha qiymatga ega va lokalizatsiya darajasiga ega mahsulotlarni eksport qilmoqda. Eksportga yuborilgan mahsulotlar nemis iqtisodiyotining qurilish va quyosh energetikasi sohalarida qo‘llanmoqda.

Shu munosabat bilan AKFA Group va Germaniya kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish har ikki tomonda ham qiziqish uyg‘otmoqda.

2024-yil 15-may kuni Reynland-Pfals federal yerining (Germaniya) savdo delegatsiyasi “Navoiy” EIZda joylashgan “AKFA Plast” ishlab chiqarish majmuasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Germaniyalik mehmonlari uchun AKFA Plast ishlab chiqarish majmuasi bo‘ylab ekskursiya va korxona rahbari Azizxon Ibragimxodjayev bilan muzokaralar tashkil etildi.

Ekskursiyada Germaniya tomonidan quyidagilar ishtirok etdi:

• Katrin Bornemayer - Reynland-Pfals federal yerining Iqtisodiyot vazirligi tashqi savdo boshqarmasi boshlig'i

• Vera Noymann - Reynland-Pfals federal yerining Iqtisodiyot vazirligi vakili

• Elvin Yilmaz – Germaniya Savdo-sanoat palatasi tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi rahbari

Shuningdek, tadbirda Germaniyaning ishbilarmon doiralari vakillari ham ishtirok etdi.

Mehmonlar ishlab chiqarish jarayonining tashkil etilishi, korxonaning texnik jihozlanishi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yuqori baholadi.

Reynland-Pfalz federal yeri haqida

Reynland-Pfalz federal yeri Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismida Fransiya, Belgiya va Lyuksemburg bilan chegarada joylashgan bo‘lib, Yevropadagi yetakchi innovatsiya markazlaridan biri hisoblanadi. Reynland-Pfals Germaniyaning eng rivojlangan sanoat va ilmiy hududlardan biridir.

AKFA Group va Germaniya munosabatlari

AKFA Group xoldingi Germaniya kompaniyalari bilan ko‘p yillik biznes aloqalariga ega. Xususan, nemis ishlab chiqaruvchilari ko‘p yillardan buyon AKFA Group korxonalariga sanoat uskunalari yetkazib bermoqda.

So'nggi yillarda AKFA Group Germaniyaning Schüco va Rehau kabi yirik konsernlari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzdi. Shartnomalarga muvofiq, BENKAM Schüco brendi ostida ekstruziya qilingan alyuminiy profillarni ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotlar butun Markaziy Osiyo bo'ylab premium qurilish loyihalarida qo'llaniladi.

AKFA Group va Rehau konserni hamkorligi doirasida IMZO zavodida mashhur nemis brendi ostida deraza va eshik ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Shuningdek, korxonalar AKFA Plast ishlab chiqarish majmuasida Rehau plastik profillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Germaniya delegatsiyasining AKFA Group xoldingi korxonalariga tashrifi O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.


Yangiliklarga qaytish