Avtoklavli gazobeton ishlab chiqaruvchi Ytong kompaniyasi o‘z mahsulotlarini “Qurilish — UzBuild 2024” xalqaro ko‘rgazmasida namoyish etdi.
27-fevral – 1-mart kunlari “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida yubiley 25-yubiley UzBuild 2024 Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
YTONG ushbu ko‘rgazmada faol ishtirok etmoqda. Xususan, YTONG stendida avtoklavli gazobeton bloklari assortimenti, ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlarning texnik xususiyatlari haqidagi axborot materiallari taqdim etildi. Kompaniya xodimlari gazbetonning quyidagi afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berishdi:
• Mustahkamlik va chidamlilik. Gazobeton bloklarini avtoklavda qayta ishlash mahsulotning mustahkamligi, chidamliligi va eng og‘ir yuklarga bardosh berish qobiliyatini ta’minlaydi.
• Issiqlik izolyatsiyasi. YTONG gazobloklari yuqori energiya samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi, bu esa sizga isitish va konditsionerlash bilan bog‘liq harajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Gazobloklarning ushbu xususiyati O‘zbekistonning keskin kontinental iqlimi sharoitida doimo dolzarb bo‘ladi.
• Shovqin izolatsiyasi. Gazobloklarning g‘ovak strukturasi ishonchli shovqin izolyatsiyasini ta’minlaydi.
UzBuild 2024 ko‘rgazmasidagi YTONG stendining mehmonlari gazobetonning yuqori sifati, mustahkamligi va boshqa afzalliklari bilan bevosita tanishishlari mumkin. Gazobeton haqidagi mashhur afsonalarni yo‘q qilish uchun YTONG bir nechta interaktiv tanlovlarni ishlab chiqdi. Tanlov ishtirokchilariga ishlab chiqaruvchi tomonidan esdalik sovg‘alar topshiriladi.
Ko‘rgazmaning birinchi kunidan boshlab YTONG stendi mehmonlar va UzBuild 2024 tashkiliy qo‘mitasi tomonidan yuqori baholandi.