YTONG gazobloklarini oylik ishlab chiqarish hajmi 25 000 kub metrga yetdi

photo
AKFA Group
6 iyun, 2024
YTONG gazobloklarini oylik ishlab chiqarish hajmi 25 000 kub metrga yetdi

AKFA Group tizimida yuqori sifatli qurilish mahsuloti – YTONG gazobloklari ishlab chiqarish boshlanganiga 15 oy bo‘ldi. Bu davr mobaynida mijozlar talabiga ko‘ra gazobloklarning turli o‘lchamdagilarini tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi barobarida ishlab chiqarish hajmi muttasil oshirib borildi.

Xususan, 2023 yilda oylik o‘rtacha ishlab chiqarish quvvati 14 000 kub metrni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilning aprel oyida 21 000 metr kubga yetdi, may oyi yakuniga ko‘ra esa bu ko‘rsatkich 25 000 metr kub bo‘ldi.

YTONG zavodi ishlab chiqarish hajmi qatori savdo va eksportni ham oshirmoqda. Xususan, bugungi kunda Tojikistonda gazobloklarga bo‘lgan ehtiyojning 40 foizini, Qirg‘iziston bozorida esa 80 foizini ushbu korxona mahsulotlari qoplamoqda.


Yangiliklarga qaytish