Qirg‘iziston va Tojikistonga Ytong gazobloklarining navbatdagi partiyasi yetkazib berildi

photo
AKFA Group
12 mart, 2024
Qirg‘iziston va Tojikistonga Ytong gazobloklarining navbatdagi partiyasi yetkazib berildi

Ytong gazobloklari ekologik tozaligi, bino ichida issiq va sovuq havoni barqaror saqlashi, qurilish ishlari odatdagidan tez yakunlanishi, yengilligi va boshqa qator xususiyatlari bilan mamlakatimiz qatori qo‘shni davlatlar qurilish sohasi vakillarining ishonchini qozonib bormoqda.

Xususan, bugungi kunda qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistonda ko‘p qavatli uylar hamda savdo majmualari qurilishida Ytong gazobloklari ishlatilmoqda.

Qirg‘izistonning “AVANTЕKS LTD” va Tojikistonning “Sharshara” kompaniyalari bilan Ytong zavodi o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, ushbu davlatlarga gazobloklarni yetkazib berish davom etayapti.


Yangiliklarga qaytish