AKFA Group Toshkentning ikki tumanida daraxt ekdi

photo
AKFA Group
5 aprel, 2024
AKFA Group Toshkentning ikki tumanida daraxt ekdi

“Yashil Toshkent” tashabbusi doirasida AKFA Group xoldingi Toshkent shahrining Yangihayot va Uchtepa tumanlarida daraxt ekdi.

O‘zbekiston sanoatining flagmanlaridan biri bo‘lib, AKFA Group xoldingi muntazam ravishda shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish va ekologik barqarorlikka erishishga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etmoqda. 2024-yilda AKFA Group “Yashil Toshkent” ekologik aksiyasi boshlanganini e’lon qildi. Ushbu tashabbus doirasida AKFA Group’ning 100 nafardan ortiq xodimlari hasharga chiqib, poytaxtimizning Yangihayot va Uchtepa tumanlarida daraxt ekdi.

AKFA Group tomonidan jami 600 tupdan ortiq daraxt va doim yashil butalar ekildi.

Yangihayot tumani

“Yashil Toshkent” tashabbusi 2024-yil 30-mart kuni poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi “Yangi turmush” mahallasidan boshlandi. AKFA Group xodimlari IMZO va Flowers Garden kompaniyalaridagi hamkasblari bilan birgalikda aholining dam olishi va hordiq chiqarishi uchun yangi jamoat maydoni yaratish ustida ish olib bordi.

Mahalla hududida zarang va katalpa daraxtlari hamda doim yashil butalar ekildi.

“Yashil Toshkent” tashabbusi doirasida diametri 15 dan 20 santimetrgacha bo'lgan katta daraxtlar ekildi. Bu shuni anglatadiki, yaqin kelajakda daraxtlar soya berishni va gullashni boshlaydi.

Uchtepa tumani

“Yashil Toshkent” ekologik aksiyasining navbatdagi manzili Uchtepa tumanidagi “Bog‘obod” mahallasi bo‘ldi. 5-aprel kuni bu yerda katalpa daraxtlari va ko‘p yillik manzarali butalar ko‘chatlari ekildi.

AKFA Group tuman hokimliklari vakillari va mahalla faollari bilan birgalikda ekilgan daraxt va butalarning holatini nazorat qilishda davom etadi.

AKFA Group xoldingi Yangihayot va Uchtepa tumanlari hokimliklari hamda “Yangi turmush” va “Bog‘obod” mahallalari aholisiga ko‘chat o‘tqazishda ko‘rsatgan yordamlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Kelajakda AKFA Group “Yashil Toshkent” tashabbusini kengaytirishni va muntazam ravishda yangi ekologik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.


Yangiliklarga qaytish