AKFA kompaniyalar guruhining yangi yo'nalishi - AKFA Build taqdimoti.
Toshkentda AKFA kompaniyalar guruhining yangi yo‘nalishi – AKFA Build-ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi, unda sektor mutaxassislari, xorijiy hamkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Yangi yo‘nalish qurilish va shahar yechimlari sohasida yuqori texnologiyali va arzon narxlardagi kompleks yechimlarni taqdim etishga qaratilgan.
AKFA kompaniyalar guruhining bosh direktor o‘rinbosari Kamran G‘ulomov mehmonlarga O‘zbekiston bozori uchun noyob bo‘lgan tayyor yechimlar haqida ma'lumot berdi: modulli uylar, avtomatik ko‘p qavatli avtoturargohlar va metall konstruksiyalar.
Taqdimotda modulli uylarga alohida e'tibor berildi, ularning asosiy afzalliklari qurilishning tezligi va tejamkorligi (g‘ishtli uylarga nisbatan deyarli 40% ga).
Ko‘p qavatli avtomatizatsiyalashtirilgan pazlli avtoturatgohlar ham taqdimot ishtirokchilarining e'tiborini tortdi. O‘zlarining noyob texnologiyalari tufayli to‘xtash joyini 4 barobar yoki undan ko‘proq tejash mumkin.
Qurilish materiallari segmentida gazbeton bloklar, PIR va bazalt paxta bilan to‘ldirilgan sendvich panellar, ularning xususiyatlari va qo‘llanilishi namoyish etildi. Tadbirda issiqlik izolyatsiya qiluvchi materiallar, ulardan biri bazalt paxta masalasiga ham e'tibor qaratildi.
AKFA Build kompaniyasi shuningdek, o‘zining metall fasad tizimlari, HPL va AKP panellari, tabiiy granit qazib olish va ishlab chiqarishni namoyish etdi. Har bir materialning o‘ziga xos afzalliklari bor, ulardan biri qurilayotgan binolarga o‘z uslubi va o‘ziga xosligini berishdir.
Ochiq osmon ostidagi ko‘rgazmada ushbu uchrashuvning har bir mehmoni AKFA Build mahsulotlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu yerda bir qator modulli uylar, avtomatik ko‘p qavatli avtoturargohlar, issiqxonalar, sendvich panellardan tayyorlangan ishlab chiqarish binolari namoyish etildi.
AKFA har doim yangi standartlarni yaratish va qurilish yechimlari yo‘nalishlarini belgilash ustida ishlaydi, hamfikrlar jamoasi esa innovatsion yechimlar tufayli har birimizning hayotimizni yaxshilaydi.