Bizning qadriyatlarimiz

  • Bizning qadriyatlar Mijozlarga e’tibor

    Ishlab chiqarishdagi texnologiyalar va innovatsiyalar qanchalar zamonaviy va ilg‘or bo‘lmasin biz ushbu texnologik yangiliklarni avvalambor mijzolarimiz talablaridan kelib chiqqan holda, ularga qulaylik yaratish niyatida tatbiq qilamiz.

  • Bizning qadriyatlar Yuqori sifat

    Biz sifatni iste’molchilarning bizning mahsulotimiz va ularning kompaniyamizga bo‘lgan munosabatidan kelib chiqib yaratamiz, ya’ni faqatgina iste’mochilarimiz bizning mahsulot tog‘risida haqiqatni bayon etadi va xolisona baholay oladi.

  • Bizning qadriyatlar Doimiy yuksalish va kashf etish

    Akfa Group kompaniyasi uzluksiz tarzda rivojlanib borishga intiladi. Biz uchun yangi yo‘nalishlarni yaratish, yangi fikr va g‘oyalarni izlash, yangiliklardan voqif bo‘lish va ulardan foydalanish juda katta ahamiyatga ega. Biz yanada ko‘proq yutuqlarga erishishga harakat qilamiz.

  • Bizning qadriyatlar Yangiliklarga intilish

    Har doim ham masalaga tog‘ri yondashish yoki uning tog‘ri yechimini topish oson bo‘lavermaydi, ammo ushbu harakatni bajarish samarasi va yakuniy natija hamma vaqt avvalambor hodimlarimizning novatorlik qobilyatlariga bevosita bog‘liq. Biz hamisha xodimlarimizning kasbiy mahoratini oshirib boramiz hamda taraqqiy etish yo‘lida o‘zimizga xos zamonaviy va noan’anaviy usullardan foydalanamiz.

  • Bizning qadriyatlar O‘zaro hamkorlik

    Kimki hamisha oldinga intilsa, o‘zi ustida ishlasa va AKFA Group of Companies bilan hamnafas bo‘lsa - u bizning hamkorimizdir.

  • Bizning qadriyatlar Faollik va tashabbuskorlik

    Biz xodimlarimizda namoyon bo‘layotgan faollikni hamisha qadrlaymiz va e’tibor qaratamiz, aynan ulardagi shaxsiy tashabbus, dadil yechimlar va shaxsiy mas’uliyat kompaniyaning ravnaq topishi va hamisha oldinga intilishiga imkon yaratadi.

  • Bizning qadriyatlar Qulaylik

    Biz ishlab chiqarayotgan barcha mahsulot va texnologik g‘oyalarimiz imkon boricha foydalanishga qulay va afzal bo‘lishi hamda yashash tarzimizni yaxshilashi uchun xizmat qilishiga intilamiz. Biz faoliyatning turli sohalariga taalluqli va har qanday o‘zgarishlarga moslasha oladigan yangilikka intiluvchan kompaniyamiz.

  • Bizning qadriyatlar Shaffoflik va o‘zaro munosabat

    Ishonch - nafaqat chuqur ma’noga ega so‘z, balki kompaniyada katta ahamiyatga ega rivojlanish omili hisoblanadi. Aynan o‘zaro munosabatlardagi shaffoflik, samimiylik va barqarorlik o‘zaro ishonchni shakllantiradi. O‘z mijozlarimiz qiyofasida biz o‘zimizda doimiy taraqqiy etishga kuch topamiz va kelajakni ular bilan birga yaratamiz, shu bilan birga yangi ish o‘rinlarini tashkil etib taraqqiyotimiz omili bo‘lgan jamoamizning safini yanada kengaytiramiz.

  • Bizning qadriyatlar Tarixiy qadriyat

    AKFA GROUP har birimizning rivojlanishimizda, avloddan avlodga o’tayotgan poydevor rivojlanishida muhim tarixga ega. Kompaniyaning rivojlanish tarixi bosqichma-bosqich yutuq taraf qadam bosib, an'analar va mentalitetni saqlab qolmoqda.