Dunyoga taniqli Allen & Overy xalqaro yuridik firmasi AKFA Group huquqshunoslari uchun seminar-trening o‘tkazdi. Tadbir ishtirokchilari kompaniyalarning qo‘shilishi, aksiyadorlik kelishuvlari hamda biznesni xalqaro moliyalashtirish bo‘yicha o‘z bilimlarini kengaytirish, shuningdek, korporativ huquqshunoslar uchun bugungi kunda dolzarb bo‘lgan masalalarni muhokama qilish imkoniga erishishdi.
Qo'shimcha ma'lumot: Allen & Overy yirik xalqaro yuridik firma bo‘lib, u Buyuk Britaniyaning yetakchi yuridik kompaniyalarini birlashtirgan Magic Circle tashkiloti a’zosi sanaladi. Bugungi kunda Allen & Overy dunyoning 31 mamlakatida 44 ta vakolatxonasiga ega.
Batafsil ma'lumot uchun:📲 71 203-00-00