Imzo Nukus, Namangan va Navoiyda ishlab chiqarish bazalarini qurishni boshlaydi. Yangi yo‘nalishlar kompaniyaga ishlab chiqarish hajmini ikki baravar oshirish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish bazasini yaratish, uning imkoniyatlarini rivojlantirish va kengaytirish AKFA Groupning eng muhim strategik qarorlaridan biridir. Kompaniya tomonidan Imzo-ning ishlab chiqarishini kengaytirish va Nukus, Namangan va Navoiyda ishlab chiqarish bazalarini qurish bo'yicha loyiha boshlandi. Bugungi kunda Toshkent shahridagi fabrikaning ishlab chiqarish maydoni 70 000 kv.m.
Viloyatlardagi fabrikalarning asosiy yo‘nalishi PVX va alyuminiy shaffof konstruksiyalarni yig'ishga mo’ljallangan. Shuningdek transport xarajatlarini kamaytirish va savdo aloqalarini ko'paytirish orqali AKFA guruhining mavjud mijozlar bazasi uchun oynalarni qayta ishlashga qaratiladi. Hamda, yangi ishlab chiqarish kengayishi sababli yuqori sifatli mahsulotlarni yetkazib berish hajmini ikki baravar ko‘paytirishga imkon beradi.
AKFA Group bosh ijrochi direktori Kamran G‘ulomov ta'kidlaganidek, yangi yo‘nalishlar kompaniyaga mahsulotlarini ikki baravar ko‘paytirish va shu bilan birga eng yuqori sifatli mahsulotlarni taqdim etish imkonini beradi.
AKFA Group uskunalarni modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni optimallashtirishga katta e'tibor beramiz. Texnologik jarayonning barcha bosqichlarida sifatni qat'iy nazorat qilinadi va mahsulot sinovlari o‘tkaziladi. Buning barchasi esa ushbu hududlarda aholining sifatli mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondiradi.
Ishlab chiqarishni kengaytirish natijasida qo‘shimcha 500 ish o‘rni yaratiladi. Hozirda, qurilish loyihasi 5 oyga mo‘ljallangan, zavodlarni ishga tushirish esa 2021-yil may oyida rejalashtirilgan.
IMZO har qanday miqyosdagi va murakkablikdagi shaffof inshootlarni ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik brenddir. Zavod respublikada 2016 yildan beri o‘z faoliyatini olib boradi.
YANGILIKLAR RO'YXATIGA QAYTISH