Xavfsizlik kuchlari tuzilmalari o‘rtasida shosse-yugurishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga homiylik

photo
AKFA Group
11 yanvar, 2021
Xavfsizlik kuchlari tuzilmalari o‘rtasida shosse-yugurishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga homiylik

10-yanvar kuni Toshkentda respublika xavfsizlik kuchlari o‘rtasida shosse-yugurishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining birinchi bosqichi "Men G‘olib" xalqaro vatanparvarlik poygasi bo‘lib o‘tdi. U O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligiga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Triatlon Federatsiyasi, “ProRun” yugurish maktabi, shuningdek Yengil atletika federatsiyasi va bosh homiy AKFA Group poytaxtda mamlakat xavfsizlik kuchlari tuzilmalari o‘rtasida shosse-yugurish musobaqasining birinchi bosqichini o‘tkazdilar.

Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi va Prezidentning Davlat xavfsizlik xizmati vakillaridan iborat jamoalar yugurishda o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar. Har bir jamoa 30 kishidan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda jami 210 nafar harbiy qatnashdi. Ular 10 km masofani 70 daqiqada bosib o‘tishlari kerak edi. Start va finish maydoni “Xalqlar do‘stligi” saroyi etib belgilandi.

photo

Chempionatning birinchi bosqichida harbiylardan dasturdan tashqari 90 nafar taklif etilgan ishtirokchilar ham qatnashdilar. Ular tarkibiga mamlakatning to‘rtta yugurish klublari va jamoalari a'zolari, qurolli kuchlar faxriylari va albatta, AKFA Group xodimlari kirdi. Kompaniya mutaxassislari belgilangan vaqt ichida masofani qiynalmay yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi.

Harbiy xizmatchilar jamoalari orasida uchinchi o‘ringa Davlat xavfsizlik xizmati, ikkinchi o‘ringa Milliy gvardiya sazovor bo‘ldi. Eng esda qolarlik natijani marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan Mudofaa vazirligi vakili ko‘rsatdi. G‘olib va sovrindorlarga AKFA Groupning esdalik sovg‘alari topshirildi.

photo

Poyga tashkilotchilarining rejalariga ko‘ra, 2021-yil may oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan chempionatning 2-bosqichiga boshqa mamlakatlardan harbiylar taklif etiladi. Ular musobaqa dasturidan tashqari belgilangan masofani bosib o‘tishadi. Bundan tashqari chempionat uchun ro‘yxatdan o‘tish va qatnashish imkoniyati hamma uchun ochiq qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

YANGILIKLAR RO'YXATIGA QAYTISH