AKFA Group: 2022-yil yakunlari, 2023-yil rejalari va 2030-yilgacha rivojlanish istiqbollari

photo
AKFA Group
04 aprel, 2023
AKFA Group: 2022-yil yakunlari, 2023-yil rejalari va 2030-yilgacha rivojlanish istiqbollari

AKFA Group — qurilish materiallari, maishiy texnika va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, mehmonxona, ta'lim va sog'liqni saqlash xizmatlari ko'rsatishga ixtisoslashgan korxonalarni jamlovchi sanoat guruhi hisoblanadi.

AKFA Group:

Ishlab chiqarish: "Akfa", "Artel", "Akfa Lighting" "Flowers Garden", "OCARD" kompaniyalari;

Savdo va xizmat ko'rsatish: "Mediapark", "KFC Uzbekistan", "Akfa Medline", "Hilton Tashkent";

Ta'lim xizmatlari ko'rsatish: “Invento”, “Artel Technical School”, “Akfa University”.

O'tgan 2022-yilda yuzaga kelgan geosiyosiy voqealik, logistika aloqalarining buzilishi, transport xarajatlarining keskin oshishi, doimiy hamkorlarda kuzatilgan xom-ashyo va energiya yetishmovchiliklari Akfa Group oldiga murakkab qarorlar qabul qilish, uzluksiz ishlashni talab qildi va muammolar bartaraf etildi.

2022 yil:

  • Iqtisodiy o'sish rejasi 22 foizni tashkil etdi.
  • Jami ishlab chiqarish hajmi 14 460 mlrd so'mni tashkil etdi.
  • Eksport 210 mln AQSh dollari (o'rtacha 35% o'sish).

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda o'rni

Akfa Group qo'shilgan qiymat yuqori bo'lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, eksportga yo'naltirilgan va import o'rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda respublikadagi lider kompaniyalardan hisoblanadi.

Akfa Group o'z ichida injiniring va R&D (Research and development) markazlari hisoblangan "Artel R&D" va "Akfa R&D" larni tashkil etgan va samarali boshqarayotgan respublika kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

2022-yilda Akfa Group R&D markazlarida:

  • Quyosh panellarini Rohat va Tashselmash korxonalarida o'rnatish;
  • Tojikistonda (Dushanbe) sovitkich va konditsioner ishlab chiqarish loyihalari tayyorlandi;
  • Turkiya va Italiya davlatlarida R&D markazlarini tashkillashtirish loyihasi;
  • Yarimavtomat kir yuvish mashinasining yangi modeli (7.5 kg);
  • Toshkent viloyati, Qibray tumanida energiya samarador "gazoblok" ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi;
  • Balkon eshiklari ishlab chiqarish loyihasi;
  • Oynalarda quyoshdan himoya sistemalari:

Eksport

2022-yilda Akfa Group eksport hajmi 210 mln AQSh dollarini tashkil etib, rekord natijaga erishildi.

Eksport geografiyasi 35 davlatni qamrab olib, mintaqaviy bozorlar (Qozog'iston, Rossiya, Tojikiston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Gruziya va Ukraina) bilan birga Evropa Ittifoqi (Germaniya, Italiya, Polsha, Niderlandiya) hamda yangi bozor bo'lgan Kanada va AQSh davlatlarini o'z ichiga oldi.

  • MDH davlatlari – 186 000 000 AQSh dollari;
  • Ukraina – 4 650 000 AQSh dollari;
  • Evropa Ittifoqi – 13 800 000 AQSh dollari;
  • Kanada va AQSh – 891 000 AQSh dollari.
  • Jami eksport ulushida Akfa brendi mahsulotlari 50 mln AQSh dollari va Artel brendi mahsulotlari 155 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

Ijtimoiy hamkorlik va xayriya

Akfa Group 2022-yilda atrof-muhitni muhofaza qilish, xodimlar va iste'molchilarni qo'llab-quvvatlash, jamoatchilik tashabbuslarida ishtirok etishni davom ettirdi.

Kompaniyada ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG – Environmental, Social, and Corporate Governance) joriy etilgan.

Atrof-muhitni muhofaza qilish:

Akfa Group tabiatni asrash, bio xilma-xillikni saqlab qolish, jonivorlarga g'amxo'rlik qilish bo'yicha davlat va jamoatchilik tashabbuslarida keng ishtirok etib kelmoqda.

Yashil maydonlar va yo'laklar tashkil etish, manzarali daraxtlar va butalar ekish ishlariga 2022-yilda 15 mlrd so'm xomiylik mablag'lari sarflandi.

photo
photo
photo

Toshkent viloyatida "Mehr by Akfa" qarovsiz uy hayvonlarini saqlash markazi tashkil etilib, faoliyati moliyaviy qo'llab-quvvatlanib kelinmoqda.

photo
photo
photo

Energiya tejamkor texnologiyalar va mahsulotlardan keng foydalanish kompaniyaning ustuvor maqsadlari va yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Akfa Group tomonidan energiya sarfini kamaytiruvchi hamda muqobil energiyadan foydalanish imkonini beruvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

  • 2008-yil — ko'p kamerali Akfa Plast profillarini ishlab chiqarish;
  • 2010-yil — energiya tejamkor lyuminesent lampalar;
  • 2013-yil — energiya tajamkor Thermo alyumin Profil seriyasini ishlab chiqarishni o'zlashtirish;
  • 2014-yil — energiya tejamkor LED lampalar;
  • 2014-yil — maishiy texnika mahsulotlarida energiya samaradorlikning A darajasini ta'minlash;
  • 2016-yil — quyosh energiyasidan suv isituvchi kollektorlar ishlab chiqarish;
  • 2017-yil — plastik detallarni bo'yash;
  • 2018-yil — Crafers qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini ochish;
  • 2018-yil — kichik maishiy texnika ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish;
  • 2023-yil — quyosh elektr panellari ishlab chiqarish.

Xayriya

Akfa Group 2022-yilda amalga oshirgan xayriya tadbirlari:

- "Sen Yashaysan" loyihasi doirasida yurak yetishmovchiligi (порог сердце) tashxisi bo'lgan butun respublikadan kelgan 300 dan ortiq bolalar operatsiya qilindi va davolash kursini o'tadi.

- Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo'llab-quvvatlash uchun birlamchi zarur oziq-ovqat paketlari tashkil etilib, aholiga tarqatildi;

- Yashash sharoiti og'ir, kam ta'minlangan fuqarolarga bepul turar joylar berish;

- O'zbekiston bayrog'i ostida maydonga chiqib, sportda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni qo'llab-quvvatlash.

Shuningdek, kompaniyada xodimlarning xayriya tashabbuslari ham keng qo'llab-quvvatlanadi. Jumladan, kompaniya xodimlari xayriya marafonlari, qon donori bo'lish, hasharlar va boshqa tadbirlarda qatnashib kelmoqda.

2022-yilda xayriya tadbirlariga 30 mlrd so'mdan ortiq mablag' sarflangan.

Yutuqlar asosi xodimlar

Akfa Group 30 mingdan ortiq xodimlarga ega!

Aynan ular kompaniyaning bugungi va ertangi kuniga ishonchi hisoblanadi.

Kompaniya xodimlari respublikaning 12 viloyatida mehnat qiladi.

Xodimlarga motivatsiya berish, mehnat xavfsizligi, sog'liqni saqlash, qayta o'qitish hamda mehnatini to'g'ri baholash tizimlari joriy etilgan.

Yirik soliq to'lovchi

Akfa Group korxonalari tomonidan 2022-yilda davlat byudjetiga 2 trln so'mdan ortiq soliq to'lovlari to'langan.

Shundan:

- Akfa (830 mlrd so'm);

- Artel (780 mlrd so'm).

Soliq to'lovlari ulushi:

- Bojxona to'lovlari (1 050 mlrd so'm);

- Qo'shilgan qiymat solig'i (500 mlrd so'm);

- Foyda solig'i va boshqa soliqlar (500 mlrd so'm).

2023-yil rejalari

- Eksport hajmini 320 mln AQSh dollariga yetkazish (o'rtacha 50% o'sish);

- AKFA va ARTEL brendlarini xalqaro maydonda obro'sini oshirish va tanib olish imkoniyatini oshirish;

- mahsulot eksportida eksport bozorlari geografiyasini kengaytirish, istiqbolli bo'lgan Evropa Ittifoqi, Kanada, AQSh davlatlari bozorlariga kengroq kirib borish;

- sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 20 foiz o'sishni ta'minlash;

- qurilish materiallari, maishiy texnika mahsulotlari etkazib berishda mintaqa davlatlaridagi liderlik pozitsiyalarini saqlab qolish va kengaytirish;

- yangi biznes yo'nalishlarini tashkil etishga investitsiyalar kiritish;

- brendlar portfelini yaratish;

- ishlab chiqarishni va boshqaruv jarayonlarini to'liq raqamlashtirish va avtomatlashtirish.

2030-yilgacha rivojlanish istiqbollari

- Kompaniyaning dunyoning top 500 kompaniyalari ro'yxatiga kirishini ta'minlash;

- Tovar aylanmasini yiliga 100 trln so'mga yetkazish;

Yillik eksport hajmini 1 mlrd AQSh dollariga yetkazish.

Yangiliklarga Qaytish