Hayvonlarni shafqatsiz odamlardan himoya qilish

photo
Akfa Group
2 noyabr, 2020
Hayvonlarni shafqatsiz odamlardan himoya qilish

Yonimizda yashovchi "kichik birodarlarimizni" shafqatsizlikdan himoya qilish muammosi O‘zbekiston Respublikasining millionlab fuqarolariga yaqin. Insonning boshqa tirik mavjudotlar bilan aloqa qilish ehtiyoji tabiiy hisoblanadi. Uy hayvonlarini insonparvarlik bilan parvarish qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega va aksincha, hayvonlarning hayotidan mahrum qilish, ularga bo‘lgan shafqatsizlik esa inson ruhiyatini shikastlantiradi. Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik jamoat axloqiga tahdid soladi.

AKFA kompaniyalar guruhi O‘zbekistonda joylashgan hayvonlarni himoya qilish tashkilotlarining asosiy missiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va har qanday zo‘ravonliklarga qarshi chiqib, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikni qabul qilish mumkin emas deb hisoblaydi. Biz uy hayvonlariga insoniy munosabatda bo‘lish tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Biz hayvonlar uchun o‘zlarini himoyalanganligini his qilishlari va o‘z vaqtida malakali yordam olishlari uchun boshpana qurishga qaror qildik. Ularning har biri sevilish uchun tug‘ilgan.

Birgalikda vaziyatni o‘z qo‘limizga olishimiz mumkin. Atrofga nazar soling. O‘zingizga: «Men insonman! Men yordam beraman!" deng.

Agar siz hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikka guvoh bo‘lsangiz, tegishli organlarga murojaat qiling yoki qo‘lingizdan kelganicha yordam bering. Axir, "kichik birodarlarimiz" o‘zlariga yordam berolmaydilar.

YANGILIKLAR RO'YXATIGA QAYTISH