AKFA kompaniyasining poliefir bo‘yoq kukunlari Yevropa bozorlariga kirib bordi

photo
AKFA Group
29 aprel, 2024
AKFA kompaniyasining poliefir bo‘yoq kukunlari Yevropa bozorlariga kirib bordi

Jahon miqyosida yangi bozorlarga kirib borish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish AKFA kompaniyasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsaddagi harakatlar sabab, Polsha Respublikasining poliefir bo‘yoq kukunlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniyalaridan biri bilan kelishuvga erishildi.

«AKFA BUILDING MATERIALS» MCHJ va «NATDAR Dariusz Grochowski» XK o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, endilikda Polsha Respublikasiga AKFA kompaniyasining poliefir bo‘yoq kukunlari yetkazib beriladi.

Ushbu mahsulotning birinchi partiyasi Varshava shahriga yetkazildi. AKFA'ning «NATDAR Dariusz Grochowski» XK bilan hamkorlik aloqalari yanada samarali va istiqbolli davom etishiga ishonamiz.


Yangiliklarga qaytish