Alto Aluminium va Özgüven hamkorlik memorandumini imzolashdi

photo
Akfa Group
10 sentabr, 2020
Alto Aluminium va Özgüven hamkorlik memorandumini imzolashdi

Kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikning simbiozi ulkan loyihani amalga oshirishga imkon beradi.

Bugungi kunda mamlakatda yuzlab, hatto minglab yangi ob'ektlar bunyod etilmoqda: ko‘p qavatli turar-joy majmualari, biznes markazlari va savdo-ko‘ngilochar joylar. Ushbu ob'ektlarni qurayotgan qurilish kompaniyalari tobora zamonaviy talablarga javob beradigan mahsulotlarga ehtiyoj sezmoqda.

photo

Bugungi kunda eng ulkan loyihalardan biri - bu Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida bunyod etilayotgan Nest One osmono‘par binosidir. Nest One ko‘p funktsiyali osmono‘par bino, qurib bitkazilgandan so‘ng, Markaziy Osiyodagi eng baland binoga aylanadi.

Alto Aluminium bu AKFA kompaniyalar guruhi tomonidan va Kocamanlar Alüminyum (Turkiya) bilan birgalikda loyihalashtirish va qurilish sohasida yirik loyihalarni amalga oshirish uchun 2020 yilda tashkil etilgan qo'shma korxona.

photo

Alto Aluminium va Özgüven Nest One loyihasini amalga oshirishda hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdilar. Eslatib o‘tamiz, aynan Özgüven (Turkiya), Nest one me'moriy va muhandislik yangiliklarining muallifi.

photo

Rasmiy tadbirlar doirasida Alto Aluminium va Özgüven vakillari Nest One qurilish maydoniga tashrif buyurishdi va kelajakdagi osmono‘par binoning barpo etilayotgan qavatlarini ko‘rishdi.

Tadbir hamkorlarning kelajakdagi osmono‘par bino uchun Belgiyaning Reynaers kompaniyasining chizmalariga binoan fasad tizimlari yig‘iladigan IMZO avtomatizatsiyalashtirilgan zavodiga ekskursiya bilan davom etdi. Do‘stlarimiz va sheriklarimiz oyna va eshik konstruktsiyalarini avtomatizatsiyalashtirilgan tarzda ishlab chiqarishning keng imkoniyatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi.

photo

Ekskursiyalar tugagandan so‘ng delegatsiya Xilton mehmonxonasiga yo‘l oldi, u yerda konferents-zallarning birida kompaniyalar o'rtasida memorandum imzolashning rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.

photo

Bugungi uchrashuvni kompaniyalarimizni rivojlantirish yo‘lidagi eng muhim qadam deb bilaman, – dedi Memorandumni imzolash marosimida AKFA kompaniyalar guruhi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Kamran G‘ulomov.

Hamkorlik simbiozi yaqinda bizga arxitektura va qurilish sohasida mamlakatimizda o‘xshashlari bo‘lmagan ulkan loyihani amalga oshirishga imkon beradi.

photo

Hamkorlik memorandumining imzolanishi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ijobiy ta'sir qiladi va ikki tomonlama sheriklikni yanada samarali qiladi. Shuningdek, bu kompaniyalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga yordam beradi.

YANGILIKLARGA QAYTISH