Yangiliklar

photo
Akfa Group
13 YANVAR, 2020

Akfa kompaniyalari guruhi turli xil Avangard granitlarini ishlab chiqaradigan o'z ishlab chiqarish bilan granit zavodini ochdi.

Akfa Stone granitni qayta ishlash zavodining quvvati kuniga 1500 m2 slyabni — granit yarim mahsulotini tashkil etadi. Shunday qilib, zavod ichki bozorda ham, qo‘shni davlatlar bozorida ham ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

Zamonaviy qurilishni tabiiy toshlarsiz deyarli tasavvur etib bo‘lmaydi, ular orasida granit ayniqsa mashhurlikka ega. Ushbu ishonchli material asrlar davomida sinovdan o‘tgan va qurilish, ustqoplama, tosh yotqizish, pardozlash, eksklyuziv dekorativ elementlarni yaratish va kaminlar, deraza tokchalari, stolusti va boshqalarni tayyorlashda asosiy material hisoblanadi. Bundan tashqari, u bruschatka, bordyurlarlar, haykallar, tosh zinapoyalar va pollarni ishlab chiqarishda muvaffaqiyatli ravishda qo‘llaniladi.

Granit qotib qolgan toshli lava bo‘lib, g‘ayrioddiy qattiqlikdagi tabiiy hosilalarga tegishli. Uning qattiqligi (Moos shkalasi bo‘yicha) 7 birlikka, ushbu shkalani boshqarayotgan olmosning qattiqligi esa 10 birlikka teng deb qabul qilingan. Shuning uchun granit tuzilmalari asrlar davomida yomg‘ir, sovuq, shamol ta‘sirida buzilmaydi, yuzlab darajali haroratga va kislota va tuzlarning ta‘siriga bardosh bera oladi. Bu uning marmardan ustunligi – u sarg‘aymaydi, rangini o‘zgartirmaydi va haroratning keskin o‘zgarishiga bog‘liq emas. Granitning bunday qattiqligi uni qayta ishlashni qiyinlashtiradi — oddiy po‘lat asboblar, masalan, kesgichlar, bu tosh bilan ishlashda butunlay ojizdir.

Akfa Stone zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar ushbu ishning uddasidan chiqa oladi. Masalan, Akfa Stone kesishi buyurtmani bajarishda millimetrlik aniqlikka erishish va buyurtmachining texnik topshirig‘iga muvofiq har qanday mahsulotni taqdim etishga imkon beradi. Kompaniya buyurtmachining talabiga binoan ham butun slyabalarni taqdim etadi, ham ularni buyurtmachining texnik shartlariga binoan kesib beradi, bu esa keng ko‘lamli ishlarpaytida vaqtni tejashga va past sifatli xonaki ishlardan qochishga imkon beradi.

Hozirgi kunda zavod O‘zbekistondagi o‘z karyeridan qazib olingan yangi noyob “Avangard” granitini taqdim etmoqda. Klassik kulrang granit o‘nlab yillar davomida O‘zbekiston bozorida ommabop bo‘lib kelgan va Akfa Stone o‘zining noyob xili — “ Avangard”ni taklif etadi, u o‘zining eng zamonaviy tarkibi va bir xil tusdagi mahsulotlarning katta hajmini olish imkoniyati bilan ajralib turadi. Hamma xillar bu bilan maqtana olmaydi – qazib olish notekis va katta buyurtmada, ba‘zan bitta rang oralig‘ida plitalarni tanlashning deyarli imkoni bo‘lmaydi. “Avangard” bilan siz bunday muammolarga duch kelmaysiz. Bundan tashqari, Akfa Stone dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchilar bilan ishlaydi va siz granit mahsulotlarini: BlackGalaxy, AbsoluteBlack, TanBrown, BalticBrown, SteelGray, OceanBlue, Rosa-Pearl kabi xillaridan olishingiz mumkin.

YANGILIKLARGA QAYTISH