Yangiliklar

photo
Akfa Group
19 МАRТ, 2020

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida AKFA isitish radiatorlari lineykasida yangiliklar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyishda qurilish savdo nuqtalari vakillari, kompaniya hamkorlari va mutaxassislar ishtirok etishdi.

14-martda AKFA isitish radiatorlari lineykasida yangiliklar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyishda qurilish savdo nuqtalari vakillari, kompaniya hamkorlari va mutaxassislar ishtirok etishdi. Namoyish qatnashchilariga seksiyali radiatorlar model sinfidan ikkita yangi mahsulot – CASTELLO bimetall seksiyali radiatori va premium toifadagi Caliente alyuminiy seksiyali radiator, shuningdek O‘zbekiston bozori uchun yangi mahsulot – LiderLine po‘lat panelli radiator namoyish qilindi. Tadbir davomida mehmonlar va hamkorlarga yangi mahsulotlarning afzalliklari haqida so‘zlab berildi, so‘ng qizg‘in savol-javoblar bilan almashinildi, tadbir yutuqli o‘yin bilan yakunlandi, unda g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Namoyish qilingan yangiliklarning afzalliklari nimada?

photo

Caliente ispan tilidagi so‘z bo‘lib, “qaynoq, issiq” degan ma’nolarni anglatadi. U hattoki qishning sovuq kunlarida ham doim siz bilan iliqlik bo‘lishi uchun yaratilgan. Ushbu premium toifadagi alyuminiy seksiyali radiator yuqori issiqlik beruvchiligi (200 vatt), zanglashga qarshi qoplamasi, mukammallashtirilgan dizayn va yaxshilangan konveksion xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Seksiyaning chuqurligi 100 mm, bu individual isitish tizimi uchun ideal yechim bo‘ladi. Caliente radiatorlari ishonch, shinamlik va mustahkamlikni qadrlovchi va o‘z oilalari uchun faqatgina eng yaxshisini tanlashga odatlangan eng talabchan mijozlarga ham hush keladi!

Aytish joizki, alyuminiy seksiyali radiatorlar har qanday hajmdagi xonalarni isitish imkonini beradi va bu ularning xususiy uylar va kottejlarga o‘rnatishdagi sezilarli darajadagi ustunligidir. Isitish radiatorini tanlab, biz birinchi navbatda uning mustahkamligi va chidamliligiga ishonch hosil qilishimiz lozim, negaki batareya faqatgina bir yilga qo‘yilmaydi va biz undan bir kun kelib suv oqib ketmasligini hamda pol va mebelni rasvo qilmasligini bilishimiz kerak.

Alyuminiy radiatorlari tezroq isuvchi va ko‘proq issiqlik beruvchi alyuminiyning issiqlikni yuqori o‘tkazuvchanligi tufayli eng samarali hisoblanadi. Uylarni isitish uchun birdan issiqlikning ikki turini – konveksiya va issiqlik tarqatishni qo‘llash energiya sarfini ahamiyatli kamaydiradi.

AKFA kompaniyasining bimetall seksiyali radiatorlar lineykasidagi o‘zini yaxshi ko‘rsatgan yana bir yangi mahsulot CASTELLO bo‘ldi, uning nomini italyan tilidan “qasr, mustahkam, ishonchli” deb tarjima qilish mumkin.

photo

Bu holatda ishonch bilan aytish mumkinki, u o‘z “nomi”ni o‘zini to‘laqonli oqlaydi: u yuqori ish bosimini ko‘tara oladi (30 bar), bu uni markaziy isitish tizimi uchun ajoyib yechim qila oladi, bunday radiatorlarning xizmat muddati 20-30 yilni tashkil qiladi. CASTELLO’ning ichki quvurlari po‘latdan, tashqi qismlari esa – alyuminiydan ishlangan, barcha tutashmalari germetiklangan. Quvurlar ichki tomonidan silliq yuzaga ega, buning oqibatida ularda quvur bo‘ylab aylanib turadigan qumlik va to‘pon yig‘ilib qolmaydi. Ammo, bimetall radiatorlarning eng asosiy afzalligi sifatida ularning yuqori bosimga chidamliligini aytish mumkin.

Shuningdek, Avangard va Classic modellari uchun mavjud Grey810 va choco840 ranglariga qo‘shimcha ravishda yangi – Black9005 rangi paydo bo‘ldi. Bu sizning interyeringizda yangi dizayn g‘oyalarini amalga oshirishga imkon beradi, unda yangi qora “qaynoq” radiatorlar nafaqat xonani isitish vositasi, balki dizaynning o‘zgacha xususiyati ham bo‘la oladi!

Nihoyat, Liderline po‘lat panelli radiatorlari isitish avtonom tizimi uchun mo‘ljallangan va keng hajmli liniyasi bilan ajralib turadi. Balandligi 30 dan 60 santimetrgacha va uzunligi 40 dan 200 santimertgacha bo‘lgan radiatorlarga buyurtma berish mumkin.

YANGILIKLARGA QAYTISH