AKFA sog‘lom turmush tarzi uchun

photo
Akfa Group
1 noyabr, 2020
AKFA sog‘lom turmush tarzi uchun

AKFA Group xodimlari Samarkand Half Marathonning xayriya tadbirida ishtirok etdilar.

1-16 noyabr kunlari Samarkand Half marafoni bo‘lib o‘tdi va ushbu marafon bu yil Samarqand va mamlakatimizning boshqa shaharlarida onlayn tarzda berib borildi.

photo

AKFA Group ijtimoiy va xayriya tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlaydi va Samarkand Half marafoni bundan istisno emas. Unda kompaniyaning TOP-menejmenti, bo‘lim va zavod xodimlari ishtirok etdi.

O‘tkazilayotgan xayriya tadbiri madaniyat va san’at ob’ektlarida inklyuzivlik muammosiga jamoatchilik e'tiborini jalb qilish, mamlakatimizda sog'lom turmush tarzini ommalashtirish va sport turizmini rivojlantirish vazifalarini hal etishga yordam beradi.

photo

Bu yil tashkilotchilarning markazida autistik spektr (ASB) buzilishiga duchor bo‘lgan insonlarning imkoniyatlari hamda odamlarning madaniyat va san’at ob’ektlariga tashrifini rivojlantirish muammosi bo‘ldi.

– Bizning kompaniyamiz ijtimoiy mas’uliyatini rivojlantirib, Samarkand Half Marathonning xayriya tadbirida faol ishtirok etdi. Biz har doim muhtojlarga yordam berishga intilamiz – dedi Akfa kompaniyalar guruhining HR-departamenti rahbari Faxriddin Adilov. – Shuningdek, xayriya tadbirida ishtirok etish-har qanday inson uchun unutilmas tajriba bo‘lib, u faqat yorqin his-tuyg‘ularni qoldiradi.

photo

AKFA Group kompaniyasi sog‘lom turmush tarzi tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish imkoniyatini yaratadi, xususan, xodimlar uchun imtiyozli shartlarda sport zali va fitnes markaziga tashrif buyurish imkoniyati yaratilgan.

photo

Kompaniya kompaniya xodimlari va ularning oila a’zolari o‘rtasida bir qator sport tadbirlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

YANGILIKLAR RO'YXATIGA QAYTISH