Yangiliklar

photo
Akfa Group
21 oktyabr, 2020

AKFA CUP 2020 korporativ futbol chempionati

AKFA kompaniyalar guruhi korporativ madaniyatni rivojlantirmoqda.

Xodimlar kompaniyamizning asosiy qadriyatidir. AKFA guruhining strategik muhim vazifalaridan biri xodimlarning ishlashi va bo‘sh vaqtlari uchun qulay sharoitlar yaratishdir. Kompaniya xodimlarining samarali ishlashi uchun korporativ ruh va madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Uning tarkibiy qismlaridan biri bu korporativ tadbirlar: sport musobaqalari, hasharlar, kontsertlarga borish, turli treninglar, kurslar va boshqa tadbirlar.

photo

AKFA Group o‘z xodimlarining sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qiladi va har doim sog‘lom turmush tarzini saqlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.

AKFA Cup - 2020: qanday o‘tdi?

photo

AKFA Cup 2020 korporativ chempionatida Kompaniyalar guruhining barcha ishlab chiqarish bo‘limlaridan 16 ta jamoa ishtirok etdi. Futbol musobaqasida jami 200 ga yaqin kishi qatnashdi. Bir oy davomida jamoalar o‘zaro bellashdilar va eng yaxshilar yarim finalga yo‘l olishdi.

3-o‘rin uchun «Radiator» va «BENKAM» jamoalari kurash olib borishdi va final «Jomiy-2 Alyumin» va «IMZO» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

photo

«Jomiy-2 Alyumin» va «IMZO» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinchilarning havaskor ekanligiga qaramay, 1-o‘rin uchun jiddiy kurash bo‘lib o‘tdi. Har bir jamoa bor kuchini berdi va taslim bo‘lmoqchi emasdi. Uchrashuv natijasi 4:2 «Jomiy-2 Alyumin» jamoasi foydasiga. Turnir natijalariga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

  • 1-o‘rin: «Jomiy-2 Alyumin»;
  • 2-o‘rin: «IMZO»;
  • 3-o‘rin: «Radiator»;
  • 4-o‘rin: «BENKAM».
photo

Qattiq va hayajonli daqiqalar, yorqin his-tuyg‘ular, finalchilar va ularning muxlislari xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. “AKFA Cup - 2020” musobaqasi g‘olib va sovrindorlariga tantanali ravishda AKFA guruhining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

photo
YANGILIKLAR RO'YXATIGA QAYTISH