21 aprel kuni Tatariston raisi Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya AKFA EXTRUSIONS MCHJning Navoiy viloyatida joylashgan ikkita yirik sanoat korxonasi – alyumin ekstruziyalarini ishlab chiqaruvchi Benkam va polivinilxlorid profillarini ishlab chiqaruvchi Akfa Plast korxonalarida bo‘lib, zamonaviy texnologik liniyalar, ish sharoiti, laboratoriyalar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va eksport geografiyasi bilan tanishdi.