MAKON Marketing Forum 2021

photo
AKFA Group
22 may, 2021
MAKON Marketing Forum 2021 Toshkentda bo‘lib o‘tdi

22-may kuni Toshkentda marketing olamidagi tadbirkorlar va yetakchi mutaxassislarni o‘zida birlashtirgan Markaziy Osiyodagi eng yirik professional forum – MAKON Marketing Forum 2021 bo‘lib o‘tdi. AKFA Group III Xalqaro marketing biznes forumining bosh hamkori bo‘lib qatnashdi.

Tadbirda mahalliy tadbirkorlar, marketologlar, yirik kompaniyalar top-menejerlari ishtirok etishdi. Rossiya, Ukraina va Gruziya mutaxassislari yosh tadbirkorlarga samarali marketing strategiyasini o‘tkazish va biznes loyihalarini ishlab chiqish bo'yicha maslahatlar berishdi.

Tadbirning yetakchi ma’ruzachilaridan biri AKFA Group xoldingi bosh direktori Kamran G‘ulomov bo‘ldi. Biznes forumning ochilishida so‘zga chiqib, u marketing fan sifatida atigi 100 yoshda ekanligini, Internet marketing esa 10-15 yoshda ekanligini alohida ta’kidladi. Bu davrda, tarixiy me’yorlarga ko'ra, qisqa vaqt ichida mutaxassislar ushbu sohada mustahkam bilimlar zahirasini egallashga muvaffaq bo‘lishdi va endi ular doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. MAKON Marketing Forum 2021 shu maqsadga xizmat qilgan holda, forum davomida ishtirokchilarga marketing va biznes rivojini rag'batlantiradigan kerakli va foydali ma'lumotlar almashinishlariga yetarli imkoniyat yaratdi:

photo

– Ko‘pchilik bugungi kunda marketing faqat savdo hajmini oshirish uchun kerak deb o‘ylaydi, ammo bu haqiqatdan yiroq. Darhaqiqat, samarali marketing - bu bizning mamlakatimiz uchun zarur bo‘lgan va O‘zbekistonda sog‘lom raqobatni qo‘llab-quvvatlovchi kuch. Marketing strategiyalari va biznesdagi yangi yondashuvlarni muhokama qilish, ushbu bilimlarni amalda qo‘llash, har birimiz o‘z kompaniyamizda shunchaki muvaffaqiyat bilan cheklanmaymiz, balki biz mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shamiz, – deb ta’kidladi Kamran G‘ulomov,

photo

III Xalqaro marketing biznes forumida AKFA Group xoldingi bosh direktori Kamran G‘ulomov "Avtomatlashtirish va raqamlashtirish barcha biznes sohalarining kelajagi" mavzusida taqdimot qildi. Kamran kompaniyaning barcha biznes-jarayonlarida avtomatizatsiyani amalga oshirish to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Unga ko‘ra, biznesni "raqamli relslar"ga qo‘yish orqali ob’ektiv qarorlar qabul qilish uchun texnologiyalarga ega bo‘lish mumkin. 2025 yilga qadar 20 ta mamlakatda faol mijozlar bazasiga ega xalqaro kompaniyaga aylanish maqsadida AKFA Group hozirda aynan shu yo‘ldan bormoqda.

photo

AKFA Group tajribasidan foydalangan holda har bir kompaniya biznes jarayonlarini tezlashtirishi, tahlillar darajasi va sifatini oshirishi mumkin, bu aniq faktlar va ma’lumotlar asosida qarorlar qabul qilishga imkon beradi.

YANGILIKLARGA QAYTISH