AKFA Group Bosh director birinchi o‘rinbosari Kamran G‘ulomov kompaniyani IPOga olib chiqish maqsadida ekanligini ma’lum qildi.
Bugun men g‘urur bilan shuni e’lon qilishim mumkinki, bizning global maqsadlarimizdan biri bu IPOga chiqishdir. Biz bu yo‘lga qadam qo‘ydik va kompaniya aksiyalarini ochiq bozorga chiqarishga harakat qilmoqdamiz. Shunday bo‘lsada, har kim ham kompaniyamiz xususiydan ochiq jamiyatga o‘tishi ortida qanchalar katta hajmdagi ish borligini anglamaydi - dedi Kamran G‘ulomov. - Rejalarimizni amalga oshirishdagi birinchi qadam segmentdagi eng yirik xalqaro mutaxassislar – Pricewaterhouse Coopers va SAP bilan shartnoma imzolash bo‘ldi.
To‘liq raqamlashtirish tufayli dunyo jadal ravishda o‘zgarib bormoqda. Ko‘plab zamonaviy texnologik kompaniyalar an’anaviy biznes doirasidan chiqib, IT-yechimlarini ishlatgan holda biznes yuritishning yangicha yondashuvlari va vositalaridan foydalanish uchun raqamli transformatsiya bosqichidan o‘tmoqdalar. Bu ishlarni esa texnologik gigantlar va startaplar imkon qadar tezkorlikda amalga oshirmoqda. Shu o‘rinda raqamli transformatsiyaga o‘tish kabi tub o‘zgarishlarsiz ilg‘or kompaniyalarga yetib bo‘lmaydi.
Rejalarni amalga oshirishda xolding oldida katta va muhim vazifalar turibdi. Asosiy bosqichlardan biri bu barcha biznes jarayonlarni raqamlashtirish va optimallashtirish, ma’lumotlarga asoslanib, qarorlarni qabul qilishni tezlashtirish, hamda shaffoflik va xavfsizlik tamoyillariga asoslangan holda Korporativ boshqaruv konsepsiyasini joriy etishdir. Bu kabi yondashuv nafaqat zamonaviy uskunalar yoki dasturiy ta’minotlarni o‘rnatishni, balki korporativ madaniyat va tashqi aloqalarga yondashuvlarni tubdan o‘zgartirishni ham nazarda tutadi. Bu esa ko‘p jabhalarda: masalan, tashkilot ma’lumotlarini boshqarish bo‘yicha direktor CDO kabi yangi lavozimlar, data scientist kabi yangi mutaxassislar joriy etilishida hamda jarayonlarni avtomatlashtirishda namoyon bo‘ladi. Natijada, kompaniyaning bir qator xodimlariga yangi vazifalarni bajarishlari uchun qo‘shimcha vaqt yaratilmoqda.
Natijada har bir xodimning mehnat unumdorligi va mijozlar ehtiyojini qondirish darajasi oshadi, kompaniya esa o‘z navbatida rivojlangan va zamonaviy degan nufuzga ega bo‘ladi.
AKFA Group biznesni rivojlantirish va xalqaro fond bozoriga chiqish yo‘lida muhim qaror qabul qildi. 8-dekabr kuni AKFA Group bosh ofisida SAP Uzbekistan va PricewaterhouseCoopers o‘rtasida hamkorlik shartnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
AKFA Group biznesni rivojlantirish va xalqaro fond bozoriga chiqish yo‘lida muhim qaror qabul qildi. 8-dekabr kuni AKFA Group bosh ofisida SAP Uzbekistan va PricewaterhouseCoopers o‘rtasida hamkorlik shartnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ishonchimiz komilki, ushbu yo‘nalishda qabul qilingan qarorlar AKFA kompaniyalar guruhiga xalqaro bozorda o‘z mavqeini mustahkamlashga imkon beradi.
YANGILIKLAR RO'YXATIGA QAYTISH