AKFA tizimidagi barcha korxonalarda xalqaro ISO standartlarini joriy etish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Jomiy 2 da joylashgan Alyumin profillarini ishlab chiqarish korxonasining HR departamenti, Tahlil, Laboratoriya, Metrologiya, Texnik nazorat bo‘limlari hamda Qolip ishlab chiqarish sexi rahbarlari xalqaro ISO 9001:2015, 14001:2015, 45001:2018, 50001:2018 talablari asosida o‘qitildi.
O‘quv jarayonida korxonada sifat boshqaruvini joriy etish, ishlab chiqarish, ishni tashkil etish va boshqa qator jarayonlarda xalqaro sifat standartlarini joriy etish bo‘yicha ma’lumot va tushuntirishlar berildi.
O‘quv jarayoni yakunida barcha tinglovchilarga xalqaro ISO standartlarini o‘zlashtirganlik bo‘yicha sertifikatlar beriladi.