Toshkentda Facade Fusion 2024 xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi

photo
AKFA Group
28 may, 2024
Toshkentda Facade Fusion 2024 xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda o‘tkazilgan fasad injiniringi bo‘yicha xalqaro forumda O‘zbekiston, Rossiya, Germaniya, Turkiya va Qozog‘istondan mutaxassislar ishtirok etdi.

28 may kuni Toshkentda Facade Fusion 2024 fasad injiniringi boʻyicha birinchi xalqaro forum boʻlib oʻtdi.

Facade Fusion — fasadlarni loyihalash va qurishdagi muammolar va tendensiyalarga bag'ishlangan xalqaro forum. Facade Fusion Forumi sanoat mutaxassislariga fasad tizimlarini loyihalash, ishlab chiqarish va o‘rnatish bilan bog‘liq asosiy mavzular bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkoniyatini beradi.

Tadbir quyidagi korxonalar hamkorligida tashkil etildi:

• AKFA Group — mamlakatimizdagi eng yirik sanoat xoldingi bo‘lib, O‘zbekistonda fasad injiniringi uchun mahsulotlar yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

• Walter Engineering (O‘zbekiston) – fasad konstruksiyalarini kompleks loyihalash, ishlab chiqarish va o‘rnatishga ixtisoslashgan korxona.

• Schüco (Germaniya) — fasad tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biridir.

Facade Fusion 2024 forumida O‘zbekiston, Fransiya, Rossiya, Germaniya, Turkiya va Qozog‘istondan 200 ga yaqin mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbirning maxsus mehmoni Schüco International KG kompaniyasining boshqaruvchi vitse-prezidenti doktor Yorg Vestfal bo'ldi.

"Facade Fusion forumi — ishlab chiqaruvchilar, me'morlar, fasad muhandislari, pudratchilar, arxitektorlar o'rtasida jabhalar uchun mavjud bo'lgan yangi texnologiyalar va yechimlarni ko'rish va muhokama qilish uchun ajoyib platformadir", — deya ta’kidladi Yorg Vestfal.

Tadbirda Rossiyaning Modern Glass va Larta Glass, Salavat Steklo (Qozog‘iston), Walter Engineering (O‘zbekiston) kompaniyalari vakillari ham ishtirok etishdi.

Ma’ruzachilar bugungi kunda fasad tizimlarini ishlab chiqarishda tatbiq etilayotgan innovatsion yechimlar haqida gapirib, amalga oshirilayotgan loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlarini ham muhokama qilishdi. Forumning yakuniy qismida O‘zbekistondagi yetakchi arxitektura kompaniyalari rahbarlari ishtirokida panel muhokamasi tashkil etildi.

Facade Fusion xalqaro forumi fasad yechimlari yetkazib beruvchilari va ishlab chiqaruvchilarini innovatsiyalarni joriy etishga hamda zamonaviy, xavfsiz va barqaror bino fasadlarini yaratish uchun yangi mahsulotlarni taklif qilishga undash uchun mo‘ljallangan.


Yangiliklarga qaytish