AKFA Group "Brendlar mehmonga bormoqda" tajriba almashish dasturini boshladi.
Bugungi kunda, har qachongidan ham, bozorning asosiy ishtirokchilari foydalanadigan yechimlar va amaliyotlardan samarali foydalanish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan kompaniya sentyabr oyidan boshlab "Brendlar mehmonga bormoqda" tajriba almashish dasturini boshladi.
Ushbu dasturning asosiy maqsadi mintaqadagi yetakchi kompaniyalar o‘rtasida ilg‘or tajriba almashish bo‘ldi. Barcha tadbirlar mahalliy darajada o‘tkaziladi, chunki bu an'anaviy konferentsiyalardan farqli o‘laroq eng muvaffaqiyatli va samarali bo‘lgan format hisoblanadi. Xalq donoligi bejiz aytmagan: "Yuz marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan yaxshiroqdir".
Amaldagi dastur doirasida kompaniya xodimlarining bir-birlariga ekskursiyalari o‘tkaziladi, bu yerda ishlab chiqarish korxonalarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish tajribasi o'rganiladi. Shuningdek, turli tematik master klaslar o‘tkaziladi.
Dasturimizda birinchi bo‘lib qatnashgan kompaniyalar qatorida gilam va gilamdan mahsulotlar ishlab chiqarish biznesi, SAG edi. Bugungi kunda SAG ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlaridagi eng yirik korxona bo‘lib hisoblanadi.
Tashrif davomida SAG xodimlari AKFA Group faoliyati bilan batafsil tanishdilar. Uchrashuvda, xususan, Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan bizning BENKAM va AKFA Plast zavodlarimiz namoyish etildi. Ma'ruzachilar fabrikalarning texnologik quvvati, jihozlari va mahsulotlari haqida batafsil so‘zlab berishdi.
Agar siz bizning kompaniyamiz tajribasini o‘rganishni xohlasangiz yoki o‘zingiz mehmonlarni qabul qilishga tayyor bo‘lsangiz, bizga yozing va biz sizlar bilan birgalikda tadbirlarni tashkil etishdan mamnun bo‘lamiz.
YANGILIKLAR RO'YXATIGA QAYTISH