Kelajakka madad: stipendiya dasturi va ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash
Zamonaviy dunyoda ta'lim sohasi yetakchi kompaniyalar va korporatsiyalar e’tiboridan chetda qolmoqda. Biroq, ta'lim muassasalari bilan hamkorlik xodimlar bilan ishlashning umumiy tizimida muhim tarkibiy qism sifatida qaraladi.
Ta'lim muassasalari AKFA Groupning strategik hamkorlari bo‘lib, ular bilan o‘rnatilgan amaliy aloqalar kompaniyaning xodimlarni tayyorlashga bog‘liq bo‘lgan deyarli barcha muammolarni tezlik bilan hal qilishga imkon yaratadi.
AKFA Group salmoqli tajribaga va mukammal ma'lumotga ega bo‘lgan nomzodlarni ham, mehnat faoliyatiga ilk qadam qo‘yayotgan bitiruvchilarni ham, oliygohni endi tamomlayotgan talabalarni ham birdek qadrlaydi, rag'batlantiradi va ishga qabul qiladi.
Agar yosh xodim ilmga chanqoq, istiqbolli va intiluvchan bo‘lsa, u holda AKFA Group uning kasbiy rivojlanishiga albatta hissa qo‘shadi. Kompaniya samarali xodimlarni tayyorlashga imkon yaratuvchi loyihalarni amalga oshirishni allaqachon boshlab yuborgan.
AKFA Groupning ta’lim muassasalari bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot, tor ixtisoslashgan sohalarda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xodimlarga ta’lim berish, mutaxassis zaxirasini shakllantirishga qaratilgan o‘zaro aloqalarini uzoq muddatli hamkorlikka yo‘naltirish va takomillashtirish maqsadida texnik, kimyoviy va arxitektura profilidagi kompleks dasturi tasdiqlangan.
Talabalar uchun grantlar
Talabalarning ijodiy faolligini rag'batlantirish, ularning malakasini oshirish, kasbiy kamol topishini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida talabalar uchun maxsus grantlar tashkil etildi.
Ushbu amaliyot kompaniya tomonidan uch yil davomida amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 2019-2020 yillarda AKFA Group Xoldingda yarim kunlik faoliyat yuritayotgan 13 ta talabaga to‘lov-kontraktini to‘lab berdi.
Yoshlar puxta tuzilgan tanlovlardan, shu jumladan texnik qobiliyatlarni aniqlash uchun bir necha analitik, mantiqiy fikrlash sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdilar va o‘zlarini istiqbolli, olg’a intiluvchan nomzod sifatida ko‘rsata oldilar.
Natijada, AKFA Group bir necha yuz nomzodlar orasidan 13 nafar o‘g'il-qizlar tanlab oldi, ular hozirgi kunda bir vaqtning o‘zida ham kompaniyada muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, ham oliygohda ta’limni davom ettirmoqdalar. Ular allaqachon amaliyotni boshlab yuborishgan va o‘z g'oyalari asosida loyihalarni amalga oshirishmoqda.
AKFA Group uchun ta'lim sohasidagi ishlar va iste'dodli yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyaning global vazifasining muhim qismidir. Mamlakatda ta'limni rivojlantirishga ko‘maklashish Xolding uchun o‘zining HR-brendini ommalashtirishga va kompaniya faoliyatiga muhim bo‘lgan yosh xodimlarni yetishtirib chiqarishga imkon beradigan muhim ijtimoiy loyihaga aylandi.
YANGILIKLAR RO'YXATIGA QAYTISH