AKFA Group kompaniyasi CAEx Mebel & Décor 2023 ko’rgazmasida

photo
AKFA Group
22 Sentabr, 2023
AKFA Group kompaniyasi CAEx Mebel & Décor 2023 ko’rgazmasida

AKFA Group kompaniyasi 22-24-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli CAExMebel&Décor 2023 ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etdi. Mazkur ko'rgazma CAEx Uzbekistan ko'rgazma markazida biznes va uning yakuniy iste'molchilari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning innovatsion formatida bo'lib o'tdi.

photo

CAEx Mebel & Décor 2023 ko‘rgazmasi mebel va dekor sohasida ixtisoslashgan kompaniyalar uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi. U B2B va B2C formatlariga yo'naltirilgan bo'lib, bu ishtirokchilar hamda tashrif buyuruvchilarga keng doiradagi taklif va afzalliklardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

photo

AKFA Group kompaniyasi stendida tashrif buyuruvchilar har qanday murakkablikdagi mebel uchun yuqori sifatli alyuminiy profillar, HPL va ACP panellari, shuningdek, mebel va dekorativ sanoati uchun boshqa innovatsion yechimlarni o‘z ichiga oluvchi mahsulotlarning barcha turlari bilan tanishish imkoniga ega bo’ldilar. Dizayn va interyer dizayni olamining so‘nggi tendensiyalariga faol amal qilgani natijasida AKFA Group o‘z mijozlariga eng ilg‘or hamda sifatli yechimlarni taklif etadi.

AKFA – samaradorlik biz bilan


Yangiliklarga qaytish