AKFA kompaniyasining BENKAM brendi "Aluminum USA 2023" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

photo
AKFA Group
25 Oktabr, 2023
AKFA kompaniyasining BENKAM brendi "Aluminum USA 2023" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

25 oktyabr kuni AQSh Tennisi shtatining Neshvill shahrida "Aluminum USA 2023" xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi.

Ishtirokchilar orasida Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoning Meksika, Braziliya, Argentina, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Norvegiya, Turkiya, Misr, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, BAA va O‘zbekiston davlatlarining yirik kompaniyalari qatorida AKFA kompaniyasining BENKAM brendi ham bor edi.

photo

BENKAM ko‘rgazmada alyumin profillarini, radiatorini, kompozit panellarini va boshqa turdagi mahsulotlarini taqdim etdi.

Ko‘rgazmada yirik ishlab chiqaruvchilar, qurilish va savdo tashkilotlari mas'ullari bilan o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

photo

Yangiliklarga qaytish