Benkam Gollandiya kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi

photo
AKFA Group
20 iyun, 2024
Benkam Gollandiya kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi

Alyumin tizimlarini ishlab chiqaruvchi Benkam korxonasi Yevropa davlatlari va kompaniyalari bilan aloqalarini tobora kengaytirmoqda. AKFA kompaniyasi mutaxassislari Yevropa bozori talablarini o‘rgangan holda profillarni takomillashtirib, yuqori sifatda, yangi dizayn va namunalarda tayyorlamoqda.

Mavjud takliflarni ko‘rib chiqqan Gollandiya kompaniyalari AKFA kompaniyasining alyumin tizimlari va EPDM rezina mahsulotlari xaridiga qiziqish bildirib, Benkam bilan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, bugungi kunda kompaniyamiz mahsulotlari Yevropaning Germaniya, Shveysariya, Polsha, Litva, Latviya, Estoniya, Finlyandiya, Shvetsiya, Chexiya, Slovakiya va Gollandiya davlatlariga yetkazib berilmoqda.


Yangiliklarga qaytish