Benkam'ga amerikalik hamkorlar tashrifi

photo
AKFA Group
13 iyun, 2024
Benkam'ga amerikalik hamkorlar tashrifi

Benkam AKFA'ning Amerika bozoriga muvaffaqiyatli kirib borgan brendlaridan biridir. Hozirda AQSH'ning bir necha kompaniyalariga Benkam'ning alyumin mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

Alyumin maxsulotlari uchun Amerika bozorining o‘z talablari bor. Korxona bu borada qanday imkoniyat va salohiyatga egaligini o‘rganish maqsadida AQSH'dan Benkam'ga hamkorlarning bir guruh vakillari tashrif buyurishdi. Mehmonlar tashrif davomida ishlab chiqarish jarayoni, laboratoriya tahlillari, mahsulotning sifat nazorati, sifat ko‘rsatkichlari, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va korxonaning atrof-muhitga ta’sirini atroflicha tanishishdi.

Amerikalik hamkorlarning fikricha, Benkam xalqaro standartlar va zamonaviy talablar asosida faoliyat yuritayotgan istiqbolli brend. Bu esa o‘zaro aloqalar uzoq vaqt, samarali davom etishiga zamin yaratadi.


Yangiliklarga qaytish