EMBRAS mukofoti har yili Toshkentda boʻlib oʻtadigan Central Asia Employer Brand Summit doirasida taqdim etiladi, unda turli kompaniyalarning HR mutaxassislari kadrlar malakasini oshirish sohasi bo‘yicha oʻzaro fikr va bilim almashadilar. AKFA Group xoldingi ushbu ish beruvchi brendi tadbirida 3 marta ishtirok etib kelmoqda. O‘tgan yillarda kompaniya quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlar qo‘lgan kiritgan: “Biznes natija” – AKFA Plast zavodi loyihasi uchun 1-o‘rin, “Iste’dodlarni rivojlantirish” – xodimlar uchun trening-markazi ochilganligi uchun 2-o‘rin va “Innovatsiyalar” yo‘nalishida ikki marotaba, 2019-yilda RND-markaz yaratish uchun – 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan va 2020-yilda IT-markaz loyihasi uchun 1-o‘rin. Bu yil esa xoldingning mukofotlar qutisi boshqa yo‘nalishdan oltin EMBRAS bilan to‘ldirildi.
2021-yilda AKFA Group uchta nominatsiya bo‘yicha EMBRAS mukofotini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ldi: «Innovatsiyalar» (BENKAM Alu Extrusions zavodida SAPni joriy etish), «Xayrli ishlar» (uysiz kuchuklar uchun «Mehr» boshpanasi), «Iste’dodlarni rivojlantirish» («Scholarship» grant loyihasi va Toshkentdagi bir qancha universitetlarda «AKFA-classes»). Ammo aynan to‘rt oyoqli «Mehr» boshpanasi HR sohasi mutaxassislari orasidan hakamlar hay’atining hech bir a’zosini befarq qoldirmadi va g‘olib deb topildi:
«– Bugun dunyoni texnologiyalar boshqaradi. Hamma raqamlashtirish, raqamli, kayzen haqida gapiradi, ba’zan esa oddiy insoniylikni unutamiz. Biz ana shu bo‘shliqni to‘ldirishga qaror qildik va «Mehr» xayriya loyihasiga asos soldik, – mukofotni qabul qilarkan, AKFA Group HR-direktori Guzel Ganiyeva ta’kidlaydi, – Biz ko‘ngillilarga boshqarish uchun bergan qarovsiz hayvonlar boshpanasi xayrli ish bo‘lib xizmat qiladi — to‘rtoyoqlilar hayotini qutqarish, ularga uy va oila taqdim etish. Kompaniyamizning har bir xodimi ushbu loyihada ishtirok etishdan xursand bo‘ldi, katta tajriba orttirildi. Umid qilamanki, mamlakatimizda bunday tashabbuslar ko‘payaveradi.» — dedi u.
AKFA Group O‘zbekistondagi birinchi xususiy kompaniya bo‘lib, hayvonlarni asrash sohasida shunday yirik xayriya loyihasini amalga oshirdi. «Mehr» boshpanasi uysiz to‘rt oyoqli hayvonlar bilan ishlash bo‘yicha eng yaxshi xalqaro tajribani o‘zlashtirgan. Boshpanada veterinariya va kinologiya xizmatlari faoliyat yuritadi va barcha yangi kelgan hayvonlar karantin zonasidan o'tadi. Har bir uy hayvonlari bu yerda davolanadi, emlanadi, ijtimoiylashadi va mehribon egasini topishga harakat qilinadi.
Boshpana loyihasining barcha afzalliklarini inobatga olgan holda, «Xayrli ishlar» nominatsiyasi bo‘yicha mukofot AKFA guruhiga topshirildi va xolding O‘zbekistonda HR rivojiga qo‘shayotgan hissasining yana bir e’tirofi bo‘ldi.
YANGILIKLARGA QAYTISH