Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan Artel Bosh ofisi fasadini oyna bilan qoplash va tayyor holga keltirish. Binolarga kirish uchun tashrif etuvchilar guruhini tashkillashtirish.
Fasadni oyna bilan qoplash uchun BKF-48 fasad tizimidan foydalanilgan. Ushbu tizimning konstruktiv yechimi boʻlib, tirgak-rigelli karkas qismining minimal koʻrinuvchi yaxlit va ideal darajadagi silliq oynali yuzani yaratish hisoblanadi. Konstruksiyada steklopaketni fasadning yuk koʻtaruvchi elementlariga mahkamlash maxsus yelim yordamida amalga oshiriladi.
Yorugʻlik oʻtkazuvchan fasad konstruksiyani steklopaket bilan toʻldirish uchun multifunksional shisha ishlatilgan.