AKFA IT CENTRE

  • AKFA IT CENTRE Biznesni raqamlashtirish

    Bugungi kunda raqamli texnologiyalar ko‘plab yangi imkoniyatlarni yaratmoqda, ammo ularni amalga oshirish uchun malakali kadrlarga ehtiyoj katta. Shu maqsadda AKFA Group biznes jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha yangi g‘oyalar va yechimlarni yaratuvchi o‘z IT-markazini ochdi. IT CENTRE departamenti kompaniyaning tarkibiy bo‘limi bo‘lib, uning asosiy vazifasi biznesda raqamlashtirish jarayonlarini nazorat qilishdan iborat.

  • AKFA IT CENTRE Ishonchli sheriklar

    AKFA IT CENTRE keng miqyosli raqamlashtirish jarayonlarini amalga oshirar ekan, Directum RX, 1C, iSpring va boshqa axborot tizimlarini joriy qilish bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan yirik IT-sheriklar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. O‘zini har tomonlama ishonchli hamkor sifatida ko‘rsata olgan AKFA IT CENTRE Markaziy Osiyo bozorida Directum RX, iSpring learning, Microsoft, MES dasturlarini tarqatish huquqiga ega bo‘ldi.

  • AKFA IT CENTRE Bo'lim tarkibi

    AKFA IT CENTRE – kompaniyadagi eng yirik departamentlardan biri bo‘lib, quyidagi beshta bo‘limlardan tashkil topgan: «Tarmoq infratuzilmasi» bo‘limi, «Axborot texnologiyalarini tatbiq etish va ulardan foydalanish» bo‘limi, «Ma’lumotlarni ishlash markazi (MIM)», «Tijorat bo‘limi», «IT xizmatlarini boshqarish bo‘limi (IT Service Management)».