AKFA Classes: imkoniyatlar va talabalarning faoliyat aloqalari

photo
AKFA Group
28 yanvar, 2021
AKFA Classes: imkoniyatlar va talabalarning faoliyat aloqalari

Bugungi kunda mehnat bozori yuqori malakali kadrlarga muhtoj bo‘lib, ularni o'qitish eng avvalo, ta’lim muassasasidan boshlanadi. Buni bilgan holda dunyodagi bir qator yirik kompaniyalar o‘zlarining katta imkoniyatlarga ega mutaxassislarni tayyorlaydigan universitetlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o’rnatmoqdalar.

Bunday hamkorlik har ikkala tomon uchun ham samarali qurolga aylandi, negaki talabalar o‘qishni tamomlagandan so‘ng katta maosh to‘lanadigan ishga ega bo‘lsalar, kompaniya esa istiqbolli kadrlarga erishadi. Pirovardida bu hamkorlikdan barcha yutadi.

Kompaniya Turin politexnika universiteti, Inha universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, hamda boshqa oliygohlar bilan bir qancha Memorandumlar imzolashga ulgurgan. Ularga ko‘ra oliygohlarda maxsus AKFA Class (o‘quv xonalarini) tashkil etish aniq ko‘rsatilgan.

Yaqin kunlarda AKFA o‘quv xonalari Turin politexnika universiteti va Inha universitetida o‘z eshiklarini ochdil. Ularning asosiy maqsadi iste’dodli talabalarni aniqlashga va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Turin politexnika universitetida AKFA o‘quv xonasining ochilish marosimida: «Siz eng ulkan orzularingizni amalga oshirishingizni va oldingizda turgan mavjud barcha imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishingizni istaymiz. Va albatta, har biringiz o‘zingiz uchun maqsadni aniqlab, uni hayotga tatbiq qilishdan qo‘rqmasligingizni istaymiz», – dedi AKFA Group Ijro direktori Kamran G‘ulomov.

photo

AKFA o‘quv xonalari talabalarni kompaniya profiliga mos keladigan yo‘nalishlarda sifatli tayyorlash uchun zarur texnika bilan jihozlangan. Jumladan, Toshkent shahridagi Inha universitetida AKFA Group ishlash uchun 40 ta kuchli kompyuterga ega o’quv xonasini yaratdi.

Shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari bilan mahorat darslari va treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ular talabalar bilan biznes, huquqshunoslik, kadrlar boshqaruvi, buxgalteriya va boshqa sohalardagi bilim-ko‘nikmalarini bo‘lishishadi.

photo

Ayni chog‘da zamonaviy o‘quv xonalarining ochilishi samarali kadrlar tayyorlashga imkon yaratuvchi innovatsiyalarga yo‘l ochadi degan umiddamiz.

YANGILIKLAR RO'YXATIGA QAYTISH