29-30 mart kunlari Samarqand shahrida Xitoy Xalq Respublikasining xom-ashyo yetkazib beruvchilari, ishlab chiqaruvchilari hamda eksport salohiyati yuqori bo‘lgan korxonalari o‘rtasida biznes forum bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida Akfa Extrusions va Xinjiang Zhongtai Import & Export kompaniyalari o‘rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlik yuzasidan memorandum imzolandi.
Bu kabi xalqaro darajadagi kelishuvlar korxonaning dunyo miqiyosidagi mavqeini oshirishda va xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.