Türkiye'de İş Dünyası: AKFA Group — O‘zbekistonning eksport ko‘prigi

photo
AKFA Group
25 may, 2024
Türkiye'de İş Dünyası: AKFA Group — O‘zbekistonning eksport ko‘prigi

AKFA Group doimiy ravishda xalqaro ommaviy axborot vositalarining diqqatida bo‘lmoqda

Turkiyaning mashhur Türkiye'de İş Dünyası ishbilarmonlik jurnalining 30-sonida kompaniyamizning eksport salohiyati va kelajakdagi strategik rejalariga bag‘ishlangan “AKFA Group – O‘zbekiston eksport ko‘prigi” nomli maqola chop etildi.

Türkiye'de İş Dünyası — yirik turk korxona Ihlas Holdingning media kompaniyasi tomonidan chop etiladigan biznes jurnali. Jurnal biznesmenlar, top-menejerlar va investorlar uchun ma’lumot manbai hisoblanadi. Jurnal muntazam ravishda Turkiya va jahon iqtisodiga oid yangiliklarni yoritib boradi, taniqli tadbirkorlardan intervyu oladi, biznes mavzusidagi tahliliy hisobotlar va maqolalar chop etadi.


Yangiliklarga qaytish