Tojikistonda AKFA shourumi ochildi

photo
AKFA Group
24 iyun, 2024
Tojikistonda AKFA shourumi ochildi

AKFA kompaniyasining mahsulotlariga Tojikistonda qiziqish va talab katta. O‘tgan yili Tojikiston xalqi AKFA'ni “Eng sevimli brend” deb topgani ham bejiz emas.

Xo‘jandda ochilgan AKFA shourumi Tojikistonlik hamkorlar bilan aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Xo‘jand shahri, 19-mikrohududidagi 39-uy manzilida ish boshlagan ko‘rgazma va savdo markazidan kompaniyamizning alyumin tizimlari, PVX profillari, aksessuarlari, eshik va rom tizimlari taqdim etiladi.


Yangiliklarga qaytish