Shimizu Corporation AKFA Group bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda

photo
AKFA Group
17 aprel, 2024
Shimizu Corporation AKFA Group bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda

AKFA Group bosh ofisida kompaniya mas’ullari Yaponiyaning Shimizu Corporation kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida o‘zaro hamkorlik istiqbollari xususida so‘z bordi. Shimizu Corporation vakillari o‘z kompaniyalari arxitektura, qurilish va muhandislik sohalarida ishlashini bildirib, AKFA Group'da ushbu barcha yo‘nalishlarda munosib takliflar borligi sabab kompaniya bilan samarali hamkorlik qilish niyatini aytib o‘tdi. Xususan, Shimizu Corporation O‘zbekistonda amalga oshiradigan loyihalarida AKFA Group bilan birgalikda ishlashni maqsad qilgan.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro aloqalarga oid masalalarni atroflicha ko‘rib chiqib, muhokama etishdi.


Yangiliklarga qaytish