AKFA PLAST mutasaddilari XXR bilan hamkorlikda ekstruzion liniyalarini takomillashtiradi

photo
AKFA Group
19 mart, 2024
AKFA PLAST mutasaddilari XXR bilan hamkorlikda ekstruzion liniyalarini takomillashtiradi

15 mart kuni AKFA GROUP va AKFA PLAST mutasaddilari Xitoy Xalq Respublikasi Shanxay shahrida joylashgan ekstruzion liniyalar ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalari va sifat ko‘rsatkichlari bilan mashhur bo‘lgan bir qator kompaniyalarda bo‘lib, ish jarayonlari bilan tanishishdi va mas’ullari bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.

Tashrifdan maqsad PVX profillari yo‘nalishida mahsulot turlarini kengaytirish hamda raqobatbardoshligini oshirish uchun texnologik jarayonlarni takomillashtirishdan iborat.

O‘zaro muloqot va muzokaralar davomida yangi uskunalarning imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish uchun AKFA PLAST mutaxassislarining malaka oshirishi hamda tajriba almashishi uchun sharoitlar yaratish hamda korxonani texnik va texnologik boyitish borasida fikr almashildi.


Yangiliklarga qaytish