13-14 mart kunlari AKFA GROUP va AKFA PLAST korxonasi mas’ullaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan shahrida bo‘lib, Xitoy kompaniyalari bilan strategik hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator muhim uchrashuvlarni o‘tkazdi. O‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan muzokaralar PVX sanoatidagi ikkita asosiy kompaniya - «Xinjiang Zhongtai Import & Export Co., LTD» va «Xinjiang Tianye Foreign Trade Co., LTD» bilan bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda PVX sanoatidagi yangiliklar, ishlab chiqarishga joriy etilayotgan innovatsiyalar borasida fikr almashildi. O‘zaro aloqalar istiqbollari muhokama qilinib, AKFA PLAST korxonasi faoliyatiga hamkor kompaniyalarning yutuqlari, ilg‘or tajribalarini qo‘llash, strategik rejalarni birgalikda amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Ushbu kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish AKFA PLAST uchun yangi imkoniyatlarni ochib, mahsulotlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga yordam beradi.