AKFA Group PENTA 6500 yangi yuqori texnologik profil modelini taqdim etdi
AKFA Group yangi samarali yechimlarni ishlab chiqishda davom etmoqda. Kirib kelayotgan qurilish mavsumi boshlanishidan oldin xolding o‘zining yangi mahsuloti — PENTA 6500 texnologik rom profilini taqdim etadi.
PENTA 6500 profilining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
PENTA 6500 profili Markaziy Osiyoning iqlim sharoitini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, harorat o‘zgarishiga hamda quyosh nurlari ta’siriga bemalol bardosh bera oladi.Samarali issiqlik izolyatsiyasini ta’minlovchi 5 kamerali profil
Besh kamerali profil issiqlik yo‘qotilishidan samarali himoya qiladi, shuningdek, mukammal ovoz va namlik izolyatsiyasini ta’minlaydi. Shu bilan birga, profil konstruksiyasi katta tavaqali rom va eshiklarni yaratish imkonini beradi. Bu esa xona ichiga ko‘proq tabiiy yorug‘lik kirishini ta’minlaydi.Mustahkam va chidamli
Profilning qo‘shimcha mustahkamligi va yuqori ekspluatatsion xususiyatlarini ta’minlash maqsadida, PENTA 6500 ichida 1 mm qalinlikdagi mustahkamlovchi profil o‘rnatilgan.PENTA 6500 profilining o‘rnatish chuqurligi 65 mm ni tashkil etadi. Tavaqaning maksimal og‘irligi deraza uchun 70 kg, eshik uchun 110 kg ni tashkil etadi.
PENTA 6500 profilidan yasalgan romlarga qalinligi 32 mm gacha bo‘lgan ikki va uch qavatli steklopaket o‘rnatilishi mumkin.
PENTA 6500 profili bir necha laboratoriya sinovlari va “crash-test”lardan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Betakror dizayn
Profilning tashqi ko‘rinishi klassik uslubining yorqin namunasidir. Profil dizaynida chiziqlarning tabiiy uyg‘unligi, nafislik va individuallik aks ettirilgan. Zamonaviy dizayn va laminatsiya turlarining keng tanlovi tufayli yangi PVX profil modelidan yasalgan romlar har qanday interyerga mukammal darajada mos keladi.
AKFA tomonidan ishlab chiqarilgan yangi besh kamerali PENTA 6500 PVX profilida kompaniyaning zamonaviy texnologik ishlanmalari yillar davomida sinalgan muhandislik yechimlari bilan uyg‘unlashgan.