Qirg‘izistonlik tadbirkorlar AKFA Group korxonalari faoliyati bilan tanishdi

photo
AKFA Group
30 may, 2024
Qirg‘izistonlik tadbirkorlar AKFA Group korxonalari faoliyati bilan tanishdi

Hozirda Qirg‘izistonga AKFA'ning alyumin tizimlari, PVX profillari, eshik va romlar uchun aksessuarlar, panel va seksion radiatorlar, Ytong gazobloklari va boshqa mahsulotlar yetkazib berilmoqda.

AKFA mahsulotlari mazkur davlatda keng qo‘llanilgani bois, qirg‘izistonlik sex yurituvchilari kompaniyadagi korxonalarga kelib, u yerdagi ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulotlarning keng assortimenti bilan tanishdi.

Mehmonlar TEXNOPARK'dagi Eshik va romlar aksessuarlari, Jomiy-2 dagi alyumin tizimlari va radiatorlar ishlab chiqaruvchi zavodlarda, AKFA Savdo markazida bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javob olishdi. Shuningdek, uchrashuv so‘ngida hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida ham fikr almashildi.


Yangiliklarga qaytish