AKFA GROUP KYRGYZ BUILD 2024 da xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi

photo
AKFA Group
19 aprel, 2024
AKFA GROUP KYRGYZ BUILD 2024 da xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi

23-25 aprel kunlari XXI Xalqaro ixtisoslashtirilgan KYRGYZ BUILD 2024 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Qurilish sohasining ushbu nufuzli tadbirida AKFA ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etadi.

Xususan, R1 stendida zamonaviy konditsionerlash tizimlari, quyosh suv isitgichlari, panel radiatorlari, suv nasoslari, maishiy gaz hisoblagichlari, HPL panellari, bazalt issiqlik izolyatsion materiallari va boshqa mahsulotlar taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun: KYRGYZ BUILD 2024 da 15 davlatdan 119 dan ortiq kompaniya ishtirok etadi.

KYRGYZ BUILD 2024 da xalqaro ko‘rgazmasi AKFA uchun samarali kelishuvlar, muhim shartnomalar imzolanadigan, xalqaro hamkorlar doirasi kengayishiga xizmat qiladigan istiqbolli tadbir bo‘lsin!


Yangiliklarga qaytish