Toshkentdagi AMITY UNIVERSITY'da JOB FAIR 2024 tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimizdagi 55 ta yirik kompaniyalar o‘zlarida mavjud vakansiyalar bilan ishtirok etdi.
Yarmarkada AKFA kompaniyasi huquqshunoslik, moliya, buxgalteriya, marketing va boshqa yo‘nalishlarida 50 ta bo‘sh ish o‘rnini taklif etib, ishtirokchilardan 60 dan ortiq rezyumelarni qabul qildi.