“O‘zekspomarkaz”da “Qurilish – UzBuild 2024” 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 27 fevraldan 1 martga qadar davom etgan ko‘rgazmaga 17 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.
AKFA Group UzBuild ko‘rgazmasining doimiy ishtirokchisi va uzoq muddatli hamkori hisoblanadi. 2024 yilda O‘zbekistonning eng yirik sanoat xoldinglaridan biri bo‘lmish AKFA Group BENKAM, IMZO, AKFA Comfort, AKFA Accessories yo‘nalishlari bo‘yicha mahsulotlarni taqdim etdi.
BENKAM avtomobilsozlik, qurilish sohasi va quyosh energetikasi sanoati uchun alyuminiy mahsulotlarini namoyish etdi.
IMZO rom fabrikasi O‘zbekiston bozori uchun yangi bo‘lgan quyidagi mahsulotlarni taqdim etdi:
• IMZO fabrikasida Germaniyaning REHAU brendi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan Artevo 80 rom tizimi
• Xususiy uylarda yozgi terrasalar uchun gilyotina tizimi va bioklimatik pergola
• BKH 65 surilma tizimi
• Thermo 105 seriyali alyuminiy profillardan yasalgan rom va eshik konstruksiyalari
• BKF seriyadagi fasad tizimlari
AKFA va IMZO stendi mehmonlari yangi AKFA 6500 profil modelidan ishlab chiqarilayotgan romlar, shuningdek, AKFA Comfort'ning isitish qozonlari, seksiyali va panelli radiatorlar bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
AKFA Accessories furnitura, EPDM qistirmalari va boshqa turdagi aksessuarlarni taqdim etdi. Bugungi kunda AKFA yirik sanoat majmuasiga ega bo‘lib, bu yerda ichki bozor va eksport uchun 250 dan ortiq furnitura turlari ishlab chiqariladi.
Ko‘rgazma yakunida AKFA va IMZO “Eng yaxshi korporativ stendi dizayni” nominatsiyasi bo‘yicha tashkilotchilarning maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi. Tashkiliy qo‘mita va UzBuild 2024 tashrif buyuruvchilarning bunday munosib e’tirofi AKFA Group'ning O‘zbekiston qurilish industriyasi va sanoatini rivojlantirish sohasidagi yutuqlari va innovatsion yondashuvini aks ettirdi.