AKFA Group Qatarga tashrif buyurdi

photo
AKFA Group
16 fevral, 2024
AKFA Group Qatarga tashrif buyurdi

AKFA Group o‘zining global faoliyatini kengaytirish bo‘yicha strategik rejasi doirasida turli mamlakatlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Kompaniyamiz uchun ustuvor eksport yo‘nalishlari AQSH va Yaqin Sharq mintaqasi hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, yanvar oyida AKFA Group rahbariyati Qatar erkin zonalari boshqarmasiga tashrif buyurdi. Qatar erkin zonalari boshqarmasi rahbariyati bizni erkin zonalar faoliyati, ishlab chiqarish korxonalari uchun yaratilayotgan imkoniyat va afzalliklar bilan tanishtirdi. Bundan tashqari, biz erkin zonalar infratuzilmasi bilan tanishdik.

Uchrashuv yakunida QFZA rahbariyati AKFA Group bilan strategik hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Qatar erkin zonalari boshqarmasi (QFZA) Qatardagi erkin zonalarni nazorat qilish va tartibga solish bo‘yicha vakolatli organdir. QFZA investorlar bilan ishlaydi va ularning to‘siqsiz faoliyati uchun sharoit yaratadi.


Yangiliklarga qaytish