Qirg‘iziston delegatsiyasi AKFA GROUP korxonalari faoliyati bilan tanishdi

photo
AKFA Group
17 may, 2024
Qirg‘iziston delegatsiyasi AKFA GROUP korxonalari faoliyati bilan tanishdi

AKFA GROUP bilan Qirg‘izistonning qator korxona-tashkilotlari o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda ushbu davlatga alyumin tizimlari, PVX profillari, eshik va romlar uchun aksessuarlar, panel va seksion radiatorlar, Ytong gazobloklari va boshqa mahsulotlar eksport qilinmoqda.

AKFA mahsulotlari qirg‘izistonlik tsex yurituvchilari faoliyatida keng qo‘llanilganligi bois, ular ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulotlarning keng assortimenti bilan tanishish maqsadida kompaniyadagi korxonalarga kelib, ularning faoliyatini ko‘zdan kechirdilar.

Mehmonlar TEXNOPARK'dagi Eshik va romlar aksessuarlarini, Jomiy 2 dagi alyumin tizimlari va radiatorlar ishlab chiqaruvchi zavodlarda, AKFA Savdo markazida bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan turli savollarga mas’ullardan javoblar olishdi. Shuningdek, hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida ham fikr almashishdi.


Yangiliklarga qaytish